☄️ Asrlar davomida Markaziy Osiyoda alohida xonadonlar sakral xonadonlar mavjud bo‘lib, ularning kelib chiqishi insonning jamiyatdagi mavqeini belgilab bergan. Ularning vakillari yuksak ehtiromga sazovor bo‘lgan, diniy lavozimlarni egallagan, hukmron sulolalar bilan aloqa o‘rnatgan hamda o‘z shajaralarini avaylab asrab, avloddan avlodga yetkazib kelgan. Bu zotlar sayyidlar deb atalgan. Ushbu xonadonlarning izlarini Termiz, Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning boshqa shaharlari tarixida yaqqol ko‘rish mumkin. Xo‘sh, sayyidlar o‘zi kim bo‘lgan, ular Markaziy Osiyoda qayerdan paydo bo‘lgan va nima uchun kelib chiqish ularga alohida maqom bergan? Bugun ushbu mavzu yuzasidan tarixchi ustoz O‘ktam Sultonov bilan suhbatlashamiz.
👉 https://youtu.be/aQZHPgGjwc0
@insusambil
Post #9235
620