☄️ BREAKING: Marvel Studios rasman “Zodiak” serialini e’lon qildi!
Mazkur josuslik trilleri premyerasi 2028-yilda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2027-yilning oktyabridan boshlab har yili bittadan chiqadigan “Marvel zombilari” bo‘yicha uchta maxsus epizod ham taqdim etildi. Muhimi, “Zodiak” seriali Britaniya siyosiy trilleri janrida suratga olinadi.
Hozirda uchta bosh qahramon: ikki erkak va bir ayol roli uchun britaniyalik aktyorlar orasida kasting o‘tkazilmoqda. Qahramonlar mutlaqo yangi bo‘lib, komikslarda ularning prototipi yo‘q.
Xabarlarga ko‘ra, loyiha Metyu Riz va Kerri Rassell ishtirokidagi “Amerikaliklar” serialini yodga soladi. Uning “Q.A.L.Q.O.N. agentlari” yoki “Maxfiy bosqin” bilan bog‘liqlik joylari bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.
Manba: Knight Edge Media.
@insusambil
Post #9227
805

- 👍 6
- ❤🔥 4
- 👏 3
- ❤ 1