Kecha yana tog‘lar tomon yo‘l oldim. Nihoyat, shahar g‘ala-g‘ovuridan biroz uzoqlashib, shunchaki tabiat qo‘ynida bo‘lish nasib qildi. Ilgari bunday sayrlar meni unchalik qiziqtirmasdi. Hozir esa negadir bunday hordiq tobora ko‘proq yoqyapti. Ayniqsa, shaharda tinimsiz nimadir sodir bo‘lib, atrof shovqin, odamlar, tashvishlar bilan to‘lib-toshgan va hayot qandaydir shiddatli sur’atda ketayotgan bir paytda. Bunday damlarda bularning barchasidan uzoqlashib, biroz sukunatda qolging keladi kishi.
Zotan, men doim introvert bo‘lganman. Katta davralarni, bazmlarni va har xil yig‘inlarni yoqtirmasdim. Ba’zida bu xarakterim menga hatto xalaqit berganmikan, deb ham o‘ylab qolaman. Axir odamlar bilan kam muloqot qilsang, yangi tanishlar kamayadi, ma’lum ma’noda o‘zingni o‘zing cheklab qo‘yasan. Boz ustiga, muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p muloqot qilish, tanishlar orttirish, odamlar orasida bo‘lish muhimligi haqida tez-tez gapirishadi. Buning ham o‘z haqiqati bor. Lekin bu haqiqat men uchun emas shekilli.
Ammo so‘nggi paytlarda voqealar markazida bo‘lishim mutlaqo shart emasligini tobora ko‘proq his qilyapman. Doim qayergadir borish, hamma bilan muloqot qilish va tinimsiz harakatda bo‘lishni istamayapman. Menga o‘z ishlarim bilan shug‘ullanish, o‘zligimcha qolish va yaqinlarim bilan vaqt o‘tkazish ancha qulayroq.
Har doim ham hayot qaynayotgan joyda bo‘lish shart emas. Ba’zida to‘xtab, biroz o‘z maromingda yashashning o‘zi kifoya. 🌳🍁🍂
@insusambil
Post #9218
1.26K


- 👍 14
- ❤ 6
- 🔥 6
- ❤🔥 4
- ⚡ 3