O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV AKADEMIYASI QUYIDAGI
IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM
FAKULTETI TAYANCH DOKTORANTURASIGA QABUL E’LON QILADI:
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona
huquqi;
12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi;
12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va
sud ekspertizasi;
12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini
ta’minlash. Probatsiya faoliyati.
12.00.16 – Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetining falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga talabgor sifatida
qabul qilinuvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- magistr darajasiga yoki mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot
to‘g‘risidagi diplomga;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi B2 darajadagi sertifikatga;
- ichki ishlar organlarida kamida 3 yillik amaliy ish stajiga;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya
tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu
jumladan, dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan
nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda kamida bitta ilmiy maqolaga hamda
ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha
ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lishi.
Joriy yilning 2026/2027 – o‘quv yilidan boshlab, Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetiga nomzodlardan
hujjatlarni respublikada yagona bo‘lgan
daraja.ilmiy.uz sayti orqali
15 sentabr kunidan 15 oktabr kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
✅
@INSPECTOR_UZ 👈 🏪
QONUN HUJJATLARI