TGViewer
IRA | Tosh vil IRA | Tosh vil @inno_toshvil · 591 subscribers
Post #288 162

Forwarded from Ohangaron tumani hokimligi

#Ohangaron_tumani
#G‘allaquduq_MFY
#innovatsiya

✅Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Bobojonov Ohangaron tumani hokimi o‘rinbosari Jamshid Latipov hamrohligida “G‘allaquduq” mahallasi hududida tashkil etilayotgan innovatsion loyihalar klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida mazkur hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi o‘rni hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilindi.

✅Uchrashuv chog‘ida hududda faoliyat yuritayotgan “Research and Innovation center” MCHJ korxonasi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, joriy loyihalar va ularning bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

✅Ma’lum qilinishicha, klaster doirasida bir qator istiqbolli va zamonaviy yo‘nalishlarda faoliyatni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Jumladan, turizm va servis xizmatlari sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish, ishlab chiqarish yo‘nalishida esa innovatsion o‘rindiqlar, innovatsion ko‘cha yoritgichlar, ekokapsulalar, yangi texnologiyalar asosida tayyorlanadigan beton mahsulotlari, peno issiqlik izolyatsiyasi, ichimlik suvi ishlab chiqarish, shuningdek, kofe va choy mahsulotlarini qadoqlash kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ayrim yo‘nalishlarda dastlabki ishlar boshlangani ham qayd etildi.

✅Muloqot davomida korxona rahbari o‘z faoliyatini yanada kengaytirish niyati borligini bildirib, ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqish hamda startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha ravishda tadqiqotlar va innovatsiyalar markazi hamda laboratoriya tashkil etish uchun yer maydoniga ehtiyoj mavjudligini ma’lum qildi.

✅Viloyat hokimi o‘rinbosari bu kabi innovatsion tashabbuslar hududni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✅Mazkur innovatsion loyihalar klasteri kelgusida Ohangaron tumanida sanoat va xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

✅✅✅✅

👉@ohangarontumanihokimligi

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Web-site ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 📷Threads
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👌 1
More from @inno_toshvil
  1. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  2. Oct 12, 2026Toshkent davlat agrar universitetida “Startaplar kuni” tadbiri o‘tkazildi. 2026-yil 9-okta…
  3. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
  4. Oct 8, 2026#startaplar_kuni Yangi g‘oya, katta imkoniyat va innovatsion loyihalar sari ilk qadamni bi…
  5. Oct 8, 2026#Ochiq_muloqot #Payshanba_Yoshlar_kuni “RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI Har haftaning pa…
  6. Oct 7, 2026#InnoWeek_2026 🇦🇿 Hasan Hasanli — Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri o‘rinbosa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →