O‘zbekistondagi ikkita kon TOP-10 oltin qazib oluvchi konlar safidan joy oldi
O‘zbekistonning ikkita yirik Muruntov va Olmaliq konlari 2024 yilda dunyodagi eng yirik oltin konlari ro‘yxatiga kirdi.
2024 yilda Muruntov konida 2,68 mln unsiya oltin qazib olingan. Bu davrda faqatgina AQSHning Nevada shtatidagi konda ko‘proq oltin qazilgan — 2,7 mln unsiya.
Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq konida esa 1,1 mln unsiya oltin olingan.
Shunday qilib dunyo miqyosida eng ko‘p oltin olinadigan 5 ta kondan ikkitasi O‘zbekistonda joylashgan.
Bu konlarda faoliyat yurituvchi NKMK 2025 yil birinchi yarmida 1,5 mlrd dollar, OKMK esa 9 oyda 694 mln dollar sof foyda olgan.
©Bankir
🌐@infograf_uz
Post #1973
462

- 🤩 2
- 👍 1
- 🔥 1