TGViewer
Infograf_uz Infograf_uz @infograf_uz · 267 subscribers
Post #1972 303
🇺🇸 AQSH tarixda ilk bor eng kuchli pasportlar reytingining birinchi o‘ntaligidan tushdi 🛃

Henley & Partners ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH pasporti 20 yil ichida ilk bor dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxatining TOP-10ligidan chiqdi. 2024 yilda AQSH fuqarolari 188 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda bu raqam 180 taga tushib, mamlakat 12-o‘rinni egalladi.

AQSH pasporti 2014 yilda 1-o‘rinda bo‘lgan, so‘nggi yillarda esa qator sabablar tufayli pasayish kuzatilgan. Jumladan, Braziliya bilan vizasiz rejim bekor qilindi, Xitoy Yevropa davlatlariga vizasiz kirish huquqini berib, AQSHni ro‘yxatdan chiqardi, shuningdek, Papua – Yangi Gvineya, Myanma va Vyetnam vizalar bo‘yicha talablarni kuchaytirdi.

Reytingning yuqori qismida Singapur (193 davlat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Janubiy Koreya (190) va Yaponiya (189) joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Shveysariya (188) turibdi.

Ushbu reyting ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda, 62 mamlakatga vizasiz kirish mumkin bo‘lgan O‘zbekiston pasporti 72-o‘ringa ko‘tarildi.

Quyi qismida esa Afg‘oniston (24 davlat), Suriya (26) va Iroq (29) pasportlari dunyodagi eng cheklangan sayohat imkoniyatlariga ega bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumotlar Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) bazasiga asoslanib, 199 ta pasport va 227 ta yo‘nalishni qamrab olgan.

©burchakostida
🌐@infograf_uz
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 😱 1
More from @infograf_uz
  1. Apr 24, 2026Dunyodagi eng yirik neft va gaz kompaniyalari 🌐 @infograf_uz
  2. Feb 19, 2026Dunyoning turli davlatlarida Ramazon oyining boshlanish sanasi 🌐@infograf_uz
  3. Nov 19, 2025🇺🇿 O'zbekiston xalqaro reytinglarda 🌐 @infograf_uz
  4. Nov 8, 2025O‘zbekistondagi ikkita kon TOP-10 oltin qazib oluvchi konlar safidan joy oldi O‘zbekistonn…
  5. Oct 16, 2025#бурчакдамаълумот Халқаро Валюта Жамғармаси (International Monetary Fund, IMF) — халқаро т…
  6. Sep 30, 2025🇫🇷Marseldagi eski port 🌐@infograf_uz
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →