TGViewer
Channel Public Channel
Ikboljon Sobirov

Ikboljon Sobirov

@ikboljonsobirov

AI Scientist | PhD@Oxford

ikboljonsobirov.ai@gmail.com

Salom! Sun'iy intellekt (SI), Kompyuter Ilmi, Tibbiyot Ilmlari, SIning undagi roli, Oxford hayoti va umumiy ilm-fan yo'lidagi hayotim haqida yozib boraman.

@ikboljonsobirov
@ikboljonsobirov_ai
Subscribers
2.51K
Photos
486
Videos
154
Links
271
Recent Posts 16 shown
Post #865 692
Men dissertatsiyani quyidagi strukturada yozyapman.

• Introduction
• General Methods
• Part 1
• Part 2
• Part 3
• Discussion

Parts 1-3 asosiy ilmiy qismlari hisoblanadi. Unda qilingan ishlarning “sharbati” ko‘rsatiladi. Mening holatimda har biri o‘zi alohida ilmiy maqola.

Eng qizig‘i, bu 3 ta ishning birontasini haligacha chop etilgani yo‘q.
  • 👍 23
  • 😁 6
  • ❤ 4
  • 🔥 4
Post #864 955
Oxfordda PhD aslida DPhil deyiladi, chunki Doctor of Philosophy (DPhil).

Thesisni (dissertatsiya) ikki xil yozish mumkin. Integrated yoki monograph.

Integrated thesis, ya’ni birlashtirilgan yoki maqolalar asosidagi dissertatsiya. Kamida 3ta chop etilgan maqolani olib, boshiga introduction/literature review va oxiriga discussion qo‘shib, boshqa katta o‘zgartirishlarsiz topshirsangiz bo‘ladi. Albatta, chop etilgan maqolalar sizning ishingiz bo‘lishi kerak (lead yoki co-lead). Bu biroz osonroq yo‘l.

Monograph thesis, ya’ni an’anaviy monografiya dissertatsiya. Bunda kitob shaklga keltirilgan, aniq bir mavzu ostida, barcha qismlari bir-biriga bog‘langan dissertatsiya yozasiz. Chop etilgan maqolalaringizdagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, lekin mavzu shakllanishi va bog‘liqlikligini ta’minlab berishingiz kerak.

Qaysi yo‘lni tanlash fakultetingiz qoidalariga bog‘liq. Ba’zi fakultetlarda xohlaganingizni tanlashingiz mumkin, ba’zilari (misol, mening fakultetim) faqat monograph talab etadi. So‘z miqdori ham fakultet qoidalariga qarab farqlanadi. Bizda ko‘pi bilan 50 ming, ba’zilarda esa 100 minggacha mumkin.
  • 🔥 11
  • ❤ 7
  • 👍 6
Post #863 1.04K
Yuqoridagi postdan beri PhD dissertatsiyasini yozish bilan bandman.

Dissertatsiyani yozish va umumiy jarayon haqida postlar yozishim sizlarga ham qiziqmi?
  • 👍 68
  • 🔥 20
  • 💯 9
  • ❤ 4
Post #862 1.88K
PhD student turlari: kuzatuv

Bir qancha PhD talabalarning ishlarini yaqindan kuzatib kelaman. Akademiyada ancha vaqt o‘tkazgach, ularning har xil turlarda ko‘rish boshlanar ekan. Avvalgi olingan bilimlar muhim, lekin asosiy drive (oldinga yurgizuvchi kuch) mustaqillikda deb o‘ylayman. Shunga qarab, uch xil talabalarni kuzatdim.

1. Mustaqil talaba - odatda professor talab qilmasa ham, o‘zi tushungan holda kerakli gipotezalarni o‘ylay oladi va eksperimentlarni qila oladi. Muammoni o‘zi aniqlab, unga bir qancha yechimlarni urinib ko‘ra oladi. Faqatgina yechimlardan birortasi ishlamasa va boshqa fikr qolmaganda, professor bilan fikr almashadi.

2. Ijrochi talaba - ko‘proq o‘zi mustaqil fikr yurita olmaydi, lekin aytilgan eksperimentlarni barchasini go‘zal holda qila oladi. Ya’ni, muammoni o‘zi aniqlay olmasligi mumkin, lekin shu-shu yechimlarni urinib ko‘r desangiz, juda sifatli ish qilib, olib kela oladi. O‘zbeklarning katta qismi shu guruhga kiradi, deb o‘ylayman.

3. Qaram talab - bu na muammoni aniqlay oladi, na yechim o‘ylay oladi, va na taklif qilingan yechimlarga urinib ko‘ra oladi. Doim tiqilib qolgan, tormoz holda yuradi. Odatda ular ham doim ilmiy darajasini oladi lekin ko‘p ishlari professor yoki boshqa PhD talabalar tomonidan qilingan bo‘ladi.

Uchinchi guruh kam uchraydi, lekin bizda ham bitta shunaqasi bordek ko‘rindi. Hozir professorni aynan o‘sha odamning ishini o‘zi o‘tirib, qilishni muhokama qilayotganini ko‘rib, shu postni yozish fikri keldi.

Bu guruhlash boshqa sohalarda ham uchrashi tabiiy. Akademiyada ko‘pdan beri bo‘lganimiz uchun, shu misolda kuzatuvni yoritib o‘tdim. Silarda ham shunaqami?
  • 👍 20
  • 💯 6
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
Post #861 1.82K
Tanish bilish

Oxford universitetiga ishga kirishda eng muhim omil bu tanish bilishlik. Deyarli har doim shu orqali ishga qabul boʻladi. Faqatgina tanish topilmasa boshqa odamlarni olishadi.

Lekin shunda ham, talab qilingani uchun hamma bosqichlardan oʻtish kerak. Ishni rasman eʼlon qilish, intervyuga kandidatlarni chaqirish, va oxirida oʻzingizni odamni eng zoʻr kandidat deb tanlab olish. Yuqoridagi postga oʻxshab.

Aytmoqchimanki, adolatli boʻlmagan bozor bu joyda ham juda yaxshi rivojlangan.

Oʻqishga kirish bundan mustasno.
  • 🔥 31
  • ❤ 4
  • 👍 1
Post #860 2.21K
PhD dissertatsiyaning birinchi beti tayyor😁
  • ⚡ 57
  • 🤣 44
  • ❤ 15
  • 🔥 14
  • 👏 9
  • 👍 8
  • 😭 3
  • 😁 1
  • 🤩 1
Post #859 6.2K
Taʼlimning koʻrinmas narxi

Taʼlimga sarflanadigan umumiy moliyaviy xarajatlar yuqori ekanligini koʻp taʼkidlaymiz. Buni odatda grantlar bilan qoplash mumkin.

Lekin, taʼlimning undan tashqari yana bir koʻrinmas narxi bor.

Bu narx bola taʼlim oʻrniga ishlab, olib kelishi mumkin boʻlgan pullar. Iqtisodiyotda buni opportunity cost deymiz. Shu pullarni ham taʼlimga investitsiya qilyapti deyish notoʻgʻri boʻlmaydi.

Oʻqib yurgan boʻlsa ham, ayniqsa chet elda, undan pul topish va uyga yuborish kutilishi mumkin. Taʼlim sifatini oshirishda bu kabi talablardan ham voz kechish ham taʼlimga kiritilgan investitsiyalardan biri.

Biz ham ota-onamiz shu vaqtgacha pul talab qilmaganligi uchun oʻqishni davom ettira olyapmiz.

Shuning uchun farzandizni taʼlim olishi uchun pul ajratishni oʻzi yetarli emas. Undan pul talab qilmaslik ham taʼlim olishda katta roʻl oʻynaydi.
  • 👍 52
  • ❤ 20
  • 🔥 13
  • 💯 6
  • ⚡ 1
Post #858 2.59K
Five years ago, MBZUAI alumnus Ikboljon Sobirov walked this road on his very first day at the university. Flags lined both sides, and among them he was looking for one in particular: Uzbekistan. He found it.

At the time, Ikboljon and fellow MBZUAI alumnus Otabek Nazarov were the first two students from Uzbekistan in that first cohort. Seeing their flag there made an impression that has clearly never left him.

Ikboljon went on to complete his MSc in Computer Vision at MBZUAI in 2022 and is now an AI researcher and PhD candidate at the University of Oxford, working at the intersection of AI and medical science.

Five years later, walking the same road brought the memory straight back.
A small gesture can make people feel that they belong. And years later, it becomes one of the things that reminds them where they started.

All part of how we’re building community through MBZUAI Alumni Relations.

#MBZUAIAlumni

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
https://www.instagram.com/reel/Dc2xaQXPtdh/?igsi=MTBrZHpkaDNwdzV4dw==
  • 🔥 38
  • ❤ 9
  • 👍 8
  • 😍 1
  • 💯 1
Post #857 3.15K
Yetti yovuz illat - shaxsiy intizom

“Nafsni boshqarish kerak” degan gapni ko‘p eshitamiz. Shaxsiy intizomga shu orqali erisha olamiz. Lekin aynan nimani boshqarish kerak?

Ovqatga bo‘lgan xohishimnimi? Pul topish istaginimi? Jinsiy maylliknimi? G‘azabimnimi? Boshqalardan ustun bo‘lish istaginimi? Yoki hech narsa qilmay, qulaylikda qolish xohishinimi?

Bularning barchasini bitta “nafs” so‘zi bilan tariflasak, muammoni ko‘ramiz, lekin uning shaklini ko‘rmaymiz.

Shuning uchun men nafsni boshqarishda uni alohida ko‘rinishlarga (turlarga) ajratib kuzatishni foydali deb bilaman.

Buning uchun menga xristian ideologiyasida shakllangan, hozirda psixologiyada kuzatiladigan “yetti yovuz illat” (seven deadly sins) qiziq model bo‘lib xizmat qiladi.

Ularni ichimizdagi yetti xil ovoz sifatida tasavvur qilsak bo‘ladi:
1. G‘azab: “Menga qarshi chiqqan odam jazoga munosib.”
2. Tanballik: “O‘zimni qiynashim shart emas.”
3. Xirs: “Menga yana ko‘proq kerak.”
4. Kibr: “Men sendan yuqoriman.”
5. Hasad: “Sendagi narsa menda bo‘lishi kerak edi.”
6. Ochko‘zlik: “Yana iste’mol qilishim kerak.”
7. Shahvat: “Istaklarimni cheklashim shart emas.”

Bu joyda tushunishimiz kerak narsa nafsning borligi muammo emas, uning chegaradan chiqishi muammo.

O‘zimni uchinchi shaxs sifatida baholashga harakat qilaman. “Nafsimni boshqara olmayapman”, deb umumlashtirish o‘rniga, “Aynan qaysi moyillik hozir meni boshqaryapti?” deb so‘rayman.

Men uchun shaxsiy intizom aynan shu joyda ko‘rinadi.
Istak yo‘q bo‘lishi emas, istak bor bo‘lsa ham unga “yo‘q” deya olish.

Uni boshqarish butunlay yo‘q qilish emas. Aksincha, borligini tan olish, uni tanish, qaysi ko‘rinishda ekanini aniqlash va qanday holda chegaradan chiqayotganini sezish.

Shaxsan menda ko‘pincha tanballik (dangasalik) kuzatiladi. Shunda muammoni umumiy “intizomsizlik” deb emas, aynan shu moyillik sifatida ko‘rib, unga qarshi ishlarni qilishga harakat qilaman.

Nafsni shunday qismlarga ajratishning foydasi oddiy.
Nomlay olgan narsamni nazorat qila olaman.
Nazorat qila oladigan narsamni esa boshqarish osonroq.

Motivatsiya kerak. Lekin shaxsiy disiplina undan muhimroq.
  • 🔥 28
  • 👍 9
  • ❤ 8
  • 💯 6
  • ⚡ 1
Post #856 2.6K
Don't underestimate the struggle your parents went through to give you a better starting point than they had.
  • ❤ 64
  • 💯 34
  • 👏 12
  • 🔥 11
  • 👍 5
  • ⚡ 1
Post #855 3.05K
Tandirdan yangi uzilgan editorial: American Journal of Preventive Cardiology jurnalida
  • 🔥 47
  • ❤ 15
  • 👏 9
  • ⚡ 6
  • 👍 1
  • 🤩 1
Post #854 2.76K
Oxford “shahidlari”

Oxforddagi Broad Streetda, Balliol kolleji oldida, 1555-yilda katolik qirolichasi Meri I (Bloody Mary nomi bilan mashhur) hukmronligi davrida 2 protestant yoqib yuborilgan. Keyinchalik ular Oxford shahidlari nomi bilan tanilgan.
  • 🔥 25
  • ❤ 8
  • 😁 3
  • 😐 1
Post #853 3.44K
Ingliz tilida faxr bilan, “I’m a scientist” deyman.

O‘zbek tilida bo‘lsa, buning to‘g‘ri tarjimasi juda past darajada ko‘rilgani uchun, odatda, “Men ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanaman” deyman.
  • 🤣 84
  • 👏 22
  • 🤓 10
  • 🔥 4
  • 🕊 4
  • ⚡ 3
  • 💯 2
  • ❤ 1
  • 😢 1
Post #852 4.03K
AI har bir sohada muammolarni hal qilishda katta yordam bera oladi.

Lekin bugungi kunda amalda aksincha koʻproq muammolar keltirib chiqarmoqda.

Asosiy sabab nima? AIni aslida bor muammoni aniqlab, yechim sifatida kiritish emas balki hype/trend boʻlgani uchun majburlab hamma narsaga tiqish boʻlmoqda.
  • 🔥 24
  • ❤ 9
Post #851 4.86K
Qat’iyat

Van Goghning yuqoridagi “Yulduzli tun” asarini ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Butun dunyoga mashhur.

Lekin ba’zida biz mashhur asarni ko‘ramizu, uning ortida turgan yillar davomidagi to‘kilgan peshona terini ko‘rmaymiz. Van Gogh nechchi yuzlab asardan keyin “Yulduzli tun”ni chizgan?!

Natijani ko‘ramiz. Unga olib kelgan minglab urinishlarni esa yo‘q.

Shuning uchun ham muvaffaqiyat ba’zida bizga tasodifdek ko‘rinadi. Xuddi kimdir urinib ko‘rdi-yu, birinchi urinishidayoq “Evrika!”.

Aslida yetuk natija uchun yillar davomidagi qat’iyat va izchillik (persistence/consistence) kerak.

Bugungi kungi ba’zi yoshlarda men kuzatgan holat shu: men bugun bir ishni qildimmi, ertaga natijasi bo‘lsin.

Qat’iyatlik muvaffaqiyat formulasining eng ahamiyatli qismining biri hisoblanadi. Yoshlarga motivatsiya emas, davomiylik yetishmayotgandek.

Big Hero 6 multfilmidagi Baymax o‘z hosilini berishi uchun akasi qancha eksperiment qilganini ko‘rsatadigan sahnasi ham juda zo‘r misol bo‘la oladi.

Ilmda ham xuddi shunday.

Men ilmga 10 yil umrimni sarfladim. Shundayam haligacha boshlang‘ich nuqtada turgan yosh olim, yangi avlod vakiliman xolos.

Yo‘limda davom etib, bir necha yuzlab ilmiy ishlarni sifatli davom ettirsamgina, insoniyat uchun tubdan o‘zgartiruvchi yangilik ish qila olishim mumkin bo‘ladi. Bunda, qayta-qayta yangi uslub bilan qilayotgan ming-millionlab eksperimentlarimdan biri butunlayin yangi kashfiyot bo‘lib chiqishi mumkin. Va faqatgina bittasi “tasodifan” dunyoni o‘zgartiruvchi natija bo‘lib chiqishi mumkin.

X-ray (rentgen), MRT mashinasi, penitsillin, radium barchasi shunga misol. Biz ularni “tasodifiy kashfiyot” deb aytamiz.

Bir “Evrika!” moment bo‘lishi uchun uning ortida yillar davomida hech kim ko‘rmagan mehnat, xatolar, tajribalar va yana bir marta urinib ko‘rishga yetadigan qat’iyat turadi.

Motivatsiya birinchi qadamni bosishga turtki bo‘lsa, qat’iyat uni oxirgi natijaga olib boruvchi qurol hisoblanadi. Shunday ekan, birdaniga meva olishga shoshilmay, avval daraxtni parvarishlashni va butun yil davomida uning ustida qunt bilan ishlashni o‘rganishimiz kerak.

Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi. Tasodif qat’iyatni afzal ko‘radi.
  • 👍 30
  • ❤ 18
  • 💯 11
  • 🔥 5
  • 😁 2
  • 🆒 2
  • ⚡ 1
Post #846 2.96K
Bu hafta University of Bath’daman. Yozgi programmada AI o‘qiyapmiz. (haliyam o‘qiyapsizmi deb so‘ramang, eeh).

Qizig‘i programma Simon Prince tomonidan tashkil etilmoqda va leksiyalarning ko‘p qismini o‘zi o‘tyapti.

Simon Prince kim?

Understanding Deep Learning kitob muallifi.

Bu kitob hamma uchun ochiq manba qilingan va juda yengil til bilan yozilib, tushuntirilgan. Agar siz Deep Learning‘ni boshlang‘ich nuqtasida bo‘lsangiz, shu kitob boshlash uchun eng yaxshi manbalardan biri. (Seryozno o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ya’ni).

Kitobda o‘zining notebook’lari, presentatsiyalari va bir qancha videolari ham bor. Universitetda DL o‘qitmoqchi bo‘lsangiz ham, juda oson va tayyor manba.

Kitob havolasi: https://udlbook.github.io/udlbook/
  • 👍 28
  • 🔥 13
  • ❤ 5
  • ⚡ 1
  • 😁 1
  • 🤩 1
Older posts →

About this channel

How can I read @ikboljonsobirov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ikboljon Sobirov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ikboljon Sobirov have?
Ikboljon Sobirov (@ikboljonsobirov) has 2.51K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ikboljon Sobirov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →