TGViewer
Ikboljon Sobirov Ikboljon Sobirov @ikboljonsobirov · 2.48K subscribers
Post #862 2.89K
PhD student turlari: kuzatuv

Bir qancha PhD talabalarning ishlarini yaqindan kuzatib kelaman. Akademiyada ancha vaqt o‘tkazgach, ularning har xil turlarda ko‘rish boshlanar ekan. Avvalgi olingan bilimlar muhim, lekin asosiy drive (oldinga yurgizuvchi kuch) mustaqillikda deb o‘ylayman. Shunga qarab, uch xil talabalarni kuzatdim.

1. Mustaqil talaba - odatda professor talab qilmasa ham, o‘zi tushungan holda kerakli gipotezalarni o‘ylay oladi va eksperimentlarni qila oladi. Muammoni o‘zi aniqlab, unga bir qancha yechimlarni urinib ko‘ra oladi. Faqatgina yechimlardan birortasi ishlamasa va boshqa fikr qolmaganda, professor bilan fikr almashadi.

2. Ijrochi talaba - ko‘proq o‘zi mustaqil fikr yurita olmaydi, lekin aytilgan eksperimentlarni barchasini go‘zal holda qila oladi. Ya’ni, muammoni o‘zi aniqlay olmasligi mumkin, lekin shu-shu yechimlarni urinib ko‘r desangiz, juda sifatli ish qilib, olib kela oladi. O‘zbeklarning katta qismi shu guruhga kiradi, deb o‘ylayman.

3. Qaram talab - bu na muammoni aniqlay oladi, na yechim o‘ylay oladi, va na taklif qilingan yechimlarga urinib ko‘ra oladi. Doim tiqilib qolgan, tormoz holda yuradi. Odatda ular ham doim ilmiy darajasini oladi lekin ko‘p ishlari professor yoki boshqa PhD talabalar tomonidan qilingan bo‘ladi.

Uchinchi guruh kam uchraydi, lekin bizda ham bitta shunaqasi bordek ko‘rindi. Hozir professorni aynan o‘sha odamning ishini o‘zi o‘tirib, qilishni muhokama qilayotganini ko‘rib, shu postni yozish fikri keldi.

Bu guruhlash boshqa sohalarda ham uchrashi tabiiy. Akademiyada ko‘pdan beri bo‘lganimiz uchun, shu misolda kuzatuvni yoritib o‘tdim. Silarda ham shunaqami?
  • 👍 20
  • 💯 6
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
More from @ikboljonsobirov
  1. Oct 10, 2026Butun tariximizni sunʼiy intellekt bilan yozishlariga qarshiman.
  2. Oct 8, 2026Coffee with platformasi bilan qilgan suhbatimiz chiqibdi. Ular yoshlarga haqiqiy hikoyalar…
  3. Oct 5, 2026Pul baxt olib kelishi ehtimoliy masala. Pulsizlik baxtsizlik olib kelishi esa aniq.
  4. Sep 28, 2026Ilmiy ishda mualliflik qanday boʻladi? Tasavvur qiling, siz manti pishirmoqchisiz. Dadangi…
  5. Sep 27, 2026Qiziq parallelism Andijondagi yangi ochilgan koʻprik haqida koʻrib, uzoq davom etgani, ayn…
  6. Sep 23, 2026Men dissertatsiyani quyidagi strukturada yozyapman. • Introduction • General Methods • Par…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →