TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.47K subscribers
Post #17362 1.57K
#OnaTilim #VideoChellenj #21Oktyabr

“O‘ZBEK TILIM — FAXRIM, G‘URURIM!”

🇺🇿 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Ushbu sana munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “O‘zbek tilim — faxrim, g‘ururim!” mavzusida ijodiy video chellenj e’lon qilinadi. Chellenjdan maqsad ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada mustahkamlash, uning boyligi, go‘zalligi va betakrorligini ijodiy ishlar orqali namoyon etishdir.

🎬 Chellenjda 5–11-sinf o‘quvchilari hamda barcha uslubiy birlashma o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Videolarda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat, muhabbat va faxr tuyg‘ulari aks etishi, ijodiy va mazmunli yondashuvdan foydalanilishi, tilimizning go‘zalligi, boyligi hamda nufuzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Video davomiyligi 3–5 daqiqadan oshmasligi kerak.

Tayyor videolarni 21-oktabrga qadar quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: havola👈🖥

❗️Ona tilimizga bo‘lgan mehringizni ijodingiz orqali namoyon eting. Barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilarni chellenjda faol ishtirok etishga, o‘zbek tilining jozibasi va qudratini aks ettiruvchi ijodiy videolar tayyorlashga chorlaymiz!
_

🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
  • ❤ 7
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 🍓 1
  • 💋 1
More from @ictschooluz
  1. Oct 12, 2026#ADAUniversity #UniversityAdmission ADA UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV 🇦🇿🇺🇿 Mu…
  2. Oct 12, 2026#EcoUnion #EcoArt #Goliblar 🎨 "Eco Art" tanlovi yakunlandi! O‘z san’ati va mo‘qalami orqa…
  3. Oct 12, 2026#KelajakSoati #Vatanparvarlik #Birdamlik YANGI HAFTA — EZGU QADRIYATLAR BILAN! 🇺🇿 Muhamm…
  4. Oct 12, 2026Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →