✔️ Loyihada Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tarkibiga davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalarini kiritish ham nazarda tutilyapti.
✍️ Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham hisobotlarda alohida aks ettirish belgilanmoqda. Bu deputatlarga budjet mablag‘larining davlat xaridlari orqali qanday sarflanayotganini tizimli tahlil qilish, xarid usullari va natijalarini baholash hamda zarur hollarda parlament nazorati choralarini qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi.
➡️ Qonun loyihasida davlat xaridlari jarayonida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, tadbirkorlarning davlat xaridlari jarayonida yuzaga keladigan shikoyatlarini joylarda tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi hududiy komissiyalarini tashkil etish taklif etilmoqda. Bu esa shikoyatlarni joylarda tezroq ko‘rib chiqish, nizolarni qisqa vaqtda hal qilish, tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qiladi.
✅ Muhokamalar davomida deputatlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha axborotlarni parlament nazorati doirasiga kiritish hamda tadbirkorlar shikoyatlarini tezkor ko‘rib chiqish mexanizmlarini kuchaytirish davlat xaridlari tizimida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shu bilan birga, qonun loyihasida nazarda tutilgan normalar davlat xaridlarida sog‘lom raqobat muhitini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarining xarid jarayonlarida faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
🇺🇿 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #964
583
- 👍 4
- 👏 3
- 🔥 2