#Sanoat_Qahramonlari
34-QAHRAMON | $800 millionlik import o‘rnini endi mahalliy mahsulot egalladi
O‘zbekistonda shu paytgacha to‘liq import hisobiga qoplangan yana bir yirik sanoat mahsulotini o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 34-qahramoni — “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev.
🏭 Kombinatda ishga tushirilgan yangi prokatlash kompleksi mamlakatimizda ilgari ishlab chiqarilmagan issiq prokatlangan rulonli po‘lat mahsulotlarini mahalliylashtirish imkonini bermoqda.
📊 O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonga qariyb 1,5 million tonna — 800 million dollarlik ushbu mahsulot import qilingan. Yangi majmua hisobiga bu talabni mahalliy ishlab chiqarish bilan qoplash, 300 million dollardan ziyod qo‘shilgan qiymatni O‘zbekistonda yaratish ko‘zda tutilgan.
Loyiha sanoat kooperatsiyasi bilan birga 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishiga xizmat qiladi.
⚙️ “O‘zmetkombinat”da ishlab chiqarishni kengaytirish bilan birga “aqlli kombinat” tizimi ham shakllantirilmoqda. Xomashyo tashuvchi transport uchun elektron navbat joriy etilishi natijasida ularni qabul qilish imkoniyati 40 foizga oshgan. Yangi raqamli yechimlar esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan.
$800 millionlik importdan — mahalliy ishlab chiqarish va $300 milliondan ortiq qo‘shilgan qiymatgacha.
🎥 Yangi prokatlash kompleksi O‘zbekiston metallurgiya sanoatiga qanday imkoniyatlar yaratadi?
Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 34-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #916
585