TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.1K subscribers
Post #894 980
🇺🇿 “Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldi

AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida eʼtirof etdi.

Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etilgan.

🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani taʼkidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirgan.

🔷“Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz kerak”, — deyiladi murojaatda.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • ❤ 1
  • 👌 1
More from @icppa
  1. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  2. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  3. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  4. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  5. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  6. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →