#Sanoat_Qahramonlari
24-qahramon
🚆 Lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar mahalliylashtirilmoqda
Lokomotivlarni ta’mirlash, ularning xizmat muddatini uzaytirish va ilgari import qilingan ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish — navbatdagi sanoat hikoyamiz temir yo‘l mashinasozligi haqida.
🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 24-qahramoni — Ma’ruf Rixsibayev, “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ bosh texnologi.
🚂Korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi lokomotivlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, temir yo‘l transporti uchun zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni ham bosqichma-bosqich o‘zlashtirib kelmoqda.
Bugungi kunda korxonada 1 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi. E’tiborlisi, ularning 70 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Bu murakkab sanoat yo‘nalishida yangi avlod mutaxassislarining shakllanib borayotganini ko‘rsatadi.
🌍 Korxona faoliyati ichki bozor bilan cheklanmaydi. Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan lokomotivlarni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar yetkazib berish yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
⚙️ So‘nggi yillarda ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2026-yilda yana 7 turdagi yangi mahsulotni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
🎬 Lokomotiv ta’miridan ehtiyot qismlar ishlab chiqarishgacha, mahalliylashtirishdan mintaqaviy hamkorlikkacha.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 24-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #877
469