#Sanoat_Qahramonlari
23-qahramon
Filtr, motor moyi, antifriz: mahalliy ishlab chiqarishda yangi yo‘nalish
Ishlab chiqarish hajmining qariyb 4 barobar o‘sishi, eksport geografiyasining kengayishi va elektromobillar uchun yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish — navbatdagi sanoat hikoyamiz ana shu natijalar haqida.
🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 23-qahramoni — Rustam Tojiboyev - “World trading company” ijrochi direktori.
🏭 Korxona faoliyatining dastlabki davrida ishlab chiqarish hajmi 2,5 ming tonna atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 10 ming tonnaga yetgan. Ish o‘rinlari soni ham 20 nafardan 120 nafardan ortiq darajaga ko‘paygan.
Korxonada havo filtrlari ishlab chiqarish dastlab kuniga 200–300 donadan boshlangan. Bugungi kunda esa ishlab chiqarish quvvati kuniga 1,5 ming donagacha yetkazilgan.
🌍 Mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga, Gruziya, Litva va Ozarbayjon kabi yangi yo‘nalishlar hisobiga eksport geografiyasi kengayib bormoqda.
🔬 Korxonada zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. Keyingi bosqichda avtomobillar uchun motor va texnik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, buning hisobiga yana 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
🔋 Yana bir yangi yo‘nalish — elektromobillar uchun antifriz ishlab chiqarish. Mazkur mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish ishlari boshlangan, shuningdek, BYD bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
🎬 4 barobar o‘sgan ishlab chiqarish, kengayayotgan eksport geografiyasi va yangi mahsulotlar.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 23-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #874
1.03K