TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #866 454
#Sanoat_Qahramonlari
20-qahramon

Ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan mahsulot — bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda


Ilgari xorijdan olib kelingan ayrim sanoat mahsulotlari bugun mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda. Ayrim mahsulotlarda mahalliylashtirish darajasi esa 100 foizga yetgan.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 20-qahramoni — Sherzod Ahmadjonov, “NAVPROMLITMASH” korxonasi direktor o‘rinbosari.

🏭Korxonada rangli va qora metallarni eritish va qayta ishlash orqali turli butlovchi qismlar hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik yo‘nalishida esa tog‘-kon sanoatida foydalaniladigan, ilgari asosan import qilingan qator uskuna va ehtiyot qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Jumladan, ilgari Janubiy Afrikadan import qilingan tog‘-kon sanoati uchun ayrim butlovchi qismlar, shuningdek, havo, suv va moyni sovutishga mo‘ljallangan radiatorlar bugungi kunda korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

📈Korxona faoliyatining dastlabki davrida mahalliylashtirish darajasi 10 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, bugun aksariyat mahsulotlarda bu ko‘rsatkich 90 foizgacha, ayrim mahsulotlarda esa 100 foizga yetgan. Bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yo‘lga qo‘yilgan kooperatsiya aloqalari ham muhim o‘rin tutmoqda.

🌍 Mahsulotlar Tojikiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda. Kelgusida esa energetika sohasi uchun gaz va bug‘ turbinalarining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

🤝 Qahramonimizning ta’kidlashicha, davlat korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda uchrashtirayotgan ko‘rgazmalar hamda ochiq muloqotlar yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim imkoniyat yaratmoqda.

🎬 10% dan 100% gacha mahalliylashtirish. Import o‘rniga mahalliy ishlab chiqarish. Ichki bozordan — eksportgacha.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 20-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  2. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  3. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  4. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  5. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
  6. Oct 11, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →