TGViewer
International Agriculture University International Agriculture University @iau_uz · 1.81K subscribers
Post #2634 504

Forwarded from Bilimni baholash agentligi

📣 DIQQAT, TANLOV!

XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARI UCHUN DAVLAT GRANTI TANLOVIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📆 Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🌐 Arizalarni topshirish https://my.uzbmb.uz manzili orqali amalga oshiriladi.

👥 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🎓 Tanlovda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov qanday o‘tkaziladi?

📝 Talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha saralash imtihonlarida ishtirok etadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

☑️ Joriy yilda davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi bo‘yicha ishtirok etgan talabalar o‘zlari to‘plagan ballari bilan ham tanlovda qatnashishi mumkin.

🗓️ Davlat grantlari belgilangan minimal o‘tish balini to‘plagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.

‼️ Muhim! Tanlov natijasida davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun o‘qish davri uchun ajratiladi. Bunda grant olgan talabalar o‘qishni tamomlagach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini oladi.

📌 Hurmatli talabalar!
Davlat granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, 17-oktabr kuni yakuniga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.

👍 Barchaga omad tilaymiz!

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👏 3
  • 🤩 1
More from @iau_uz
  1. Oct 17, 2026🎓 Seminar on the Economics of Human Capital Held at IAU 📚 On 15 October 2026, Internatio…
  2. Oct 16, 2026🎓 IAU Graduation Ceremony 2026 ✨ A special milestone deserves a special celebration! 📅 O…
  3. Oct 14, 2026🏆 “ZAKOVAT” INTELLECTUAL COMPETITION AT IAU! 📚 On 14 October 2026, International Agricul…
  4. Oct 13, 2026🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! O‘zbekistondagi ba…
  5. Oct 12, 2026Endi 🇺🇿o‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfor…
  6. Oct 11, 2026🇯🇵 IAUda yapon tili darslari boshlandi! 🫥 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida O‘zb…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →