TGViewer
International Agriculture University International Agriculture University @iau_uz · 1.81K subscribers
Post #2633 492

Forwarded from Edu.uz

Endi 🇺🇿o‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o‘rganing!

🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👏 6
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
More from @iau_uz
  1. Oct 16, 2026🎓 IAU Graduation Ceremony 2026 ✨ A special milestone deserves a special celebration! 📅 O…
  2. Oct 14, 2026🏆 “ZAKOVAT” INTELLECTUAL COMPETITION AT IAU! 📚 On 14 October 2026, International Agricul…
  3. Oct 13, 2026🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! O‘zbekistondagi ba…
  4. Oct 12, 2026📣 DIQQAT, TANLOV! XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI TALABALARI UCHUN DAVLAT G…
  5. Oct 11, 2026🇯🇵 IAUda yapon tili darslari boshlandi! 🫥 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida O‘zb…
  6. Oct 9, 2026🎓 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda navbatdagi dissertats…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →