🫥 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, JICA (Yaponiya) va universitetimiz hamkorligida yapon tili darslari yo‘lga qo‘yildi.
📜 Ushbu yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-99-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Darslarning maqsadi:
🔹 Talabalar va professor-o‘qituvchilarga yapon tilida erkin muloqot qilishni o‘rgatish;
🔹 Yapon madaniyati, an’analari va qadriyatlari bilan tanishtirish;
🔹 N5 va undan yuqori darajadagi rasmiy sertifikat olish imkoniyatini yaratish.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar uchun:
🔹 Yaponiyada malaka oshirish dasturlarida qatnashish;
🔹 Yaponiyaning qishloq xo‘jaligi sohasida stajirovka o‘tash, amaliyot va mehnat faoliyatida ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etish rejalashtirilgan.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ 55 517 00 71
☎️ 99 981 09 19
📩 @iau_2022
Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook


