TGViewer
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal Husan Tangriyev I Rasmiy kanal @husantangriyev · 2.17K subscribers
Post #8572 323
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Bojxona xodimlari Tailanddan O‘zbekistonga 13 kg.dan ziyod narkotik moddalarning olib kirilishiga chek qo‘yishdi.


Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 13 kg.dan ziyod narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Tailanddan uchib kelgan 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Unga tegishli bagajlar ko‘zdan kechirilganida, 3 ta vino shishasi hamda qadoqlangan ziravorlar o‘rami ichidagi moddalar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Shundan so'ng mazkur moddalar Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada idishlar ichidagi to‘q jigarrang rangli va o‘tkir hidli modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan narkotik vosita — “gashish moyi” ekanligi aniqlandi. Uning umumiy og‘irligi 7 kilogramm 580 grammni tashkil qildi.

Tezkor surishtiruvlar davomida ushbu shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Absolyut” nomi ostida faoliyat yurituvchi "kurator" ko‘rsatmasiga ko‘ra, 1800 AQSh dollari evaziga mazkur narkotik moddalarni mamlakatimiz hududiga olib kirib, Samarqand shahriga yetkazib berishi lozim bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Samarqand shahrida davom ettirilib, narkotik vositalarni qabul qilib olayotgan 47 yoshli fuqaro ham qo‘lga olindi. Uning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerdan ham vino shishalari, idish yuvish geli qutisi va shprislarga joylangan holda saqlangan “gashish moyi”, shuningdek, isteʼmol qilinganda sarxush holatni keltirib chiqaruvchi quritilgan qo‘ziqorinlar borligi aniqlandi.

Ushbu ikki turdagi narkotik moddalarning umumiy og‘irligi qariyb 5,5 kilogrammni tashkil qildi. Ushbu shaxs Telegramda “Right Ktrel” akkauntidagi kuratorning topshirig‘i asosida manzil havola tarzida keyinchalik ushbu narkotik moddaalarni tarqatishi lozim edi.

Shunday qilib, ko‘p bosqichli tezkor tadbir natijasida jami 13 kilogramm 80 gramm “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu miqdordagi narkotik vosita qariyb 200 ming nafar insonni giyohvandlik domiga tortishga yetarli bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushlab qolingan mazkur narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati oxirgi isteʼmolchiga yetib borganuniga qadar 1,7 million AQSH dollaridan ham oshib ketishi mumkin edi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
  • 💯 1
More from @husantangriyev
  1. Sep 19, 2026Фарзандларингизга эътиборсиз бўлманг! “Мени болам ақлли, мени фарзандим билан бундай ҳолат…
  2. Sep 19, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash 17 yoshli maktab o’quvchisi Rossiyadan 852 gr. gashishni qab…
  3. Sep 19, 2026Axborot xizmatlari qanday ishlashi kerak? muxbir: Mirzaolim Rustambekov 12:00 19.09.2026 T…
  4. Sep 19, 2026#qonunchilikdagi_yangiliklar Электротехника маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар томонидан ўз э…
  5. Sep 19, 2026ЭЪЛОН! Қозоғистон Давлат даромадлари қўмитаси хабарига кўра, Хитойда “Куз ўртаси байрами”…
  6. Sep 18, 2026Кун нафаси!
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →