TGViewer
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal Husan Tangriyev I Rasmiy kanal @husantangriyev · 2.17K subscribers
Post #8567 496
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

17 yoshli maktab o’quvchisi Rossiyadan 852 gr. gashishni qabul qilib olganda qo‘lga olindi!

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda respublikamizga giyohvandlik vositalarining kontrabandasini olish va fosh etish yuzasidan “xalqaro nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2009-yilda tug‘ilgan, ya’ni voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olganda qo‘lga olindi.

Jo‘natma xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gr “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.

Tezkor tadbir davomida o‘smir yoshning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, bu yerda elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatishga mo‘ljallangan “zip” paketchalari hamda izolentalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

852,2 gr. “gashish” o‘rta hisobda 60 ming dozadan oshadi va ushbu hajmdagi narkotikning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming Rossiya rublini tashkil qiladi.

Shu o‘rinda ota-onalardan farzandlariga nisbatan e’tiborni susaytirmasliklarini va ularni doimiy nazorat qilishlarini so‘rab qolamiz. Xususan, farzandlarining ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan muloqot qilayotgani va bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganiga yanada jiddiy e’tibor qaratishga chaqiramiz.

Hozirda holatda yuzasidan Bojxona qo’mitasi tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.
  • 😢 3
More from @husantangriyev
  1. Sep 22, 2026Фарзандларимизга янада эътиборли бўлайлик!
  2. Sep 21, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Bojxona xodimlari Tailanddan O‘zbekistonga 13 kg.dan ziyod n…
  3. Sep 19, 2026Фарзандларингизга эътиборсиз бўлманг! “Мени болам ақлли, мени фарзандим билан бундай ҳолат…
  4. Sep 19, 2026Axborot xizmatlari qanday ishlashi kerak? muxbir: Mirzaolim Rustambekov 12:00 19.09.2026 T…
  5. Sep 19, 2026#qonunchilikdagi_yangiliklar Электротехника маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар томонидан ўз э…
  6. Sep 19, 2026ЭЪЛОН! Қозоғистон Давлат даромадлари қўмитаси хабарига кўра, Хитойда “Куз ўртаси байрами”…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →