TGViewer
Channel Public Channel
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal

Husan Tangriyev I Rasmiy kanal

@husantangriyev

Bojxona qo’mitasi Raisining matbuot kotibi
Subscribers
2.17K
Photos
6K
Videos
1.4K
Links
1.7K
Recent Posts 7 shown
Post #8572 332
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Bojxona xodimlari Tailanddan O‘zbekistonga 13 kg.dan ziyod narkotik moddalarning olib kirilishiga chek qo‘yishdi.


Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 13 kg.dan ziyod narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Tailanddan uchib kelgan 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Unga tegishli bagajlar ko‘zdan kechirilganida, 3 ta vino shishasi hamda qadoqlangan ziravorlar o‘rami ichidagi moddalar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Shundan so'ng mazkur moddalar Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada idishlar ichidagi to‘q jigarrang rangli va o‘tkir hidli modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan narkotik vosita — “gashish moyi” ekanligi aniqlandi. Uning umumiy og‘irligi 7 kilogramm 580 grammni tashkil qildi.

Tezkor surishtiruvlar davomida ushbu shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Absolyut” nomi ostida faoliyat yurituvchi "kurator" ko‘rsatmasiga ko‘ra, 1800 AQSh dollari evaziga mazkur narkotik moddalarni mamlakatimiz hududiga olib kirib, Samarqand shahriga yetkazib berishi lozim bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Samarqand shahrida davom ettirilib, narkotik vositalarni qabul qilib olayotgan 47 yoshli fuqaro ham qo‘lga olindi. Uning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerdan ham vino shishalari, idish yuvish geli qutisi va shprislarga joylangan holda saqlangan “gashish moyi”, shuningdek, isteʼmol qilinganda sarxush holatni keltirib chiqaruvchi quritilgan qo‘ziqorinlar borligi aniqlandi.

Ushbu ikki turdagi narkotik moddalarning umumiy og‘irligi qariyb 5,5 kilogrammni tashkil qildi. Ushbu shaxs Telegramda “Right Ktrel” akkauntidagi kuratorning topshirig‘i asosida manzil havola tarzida keyinchalik ushbu narkotik moddaalarni tarqatishi lozim edi.

Shunday qilib, ko‘p bosqichli tezkor tadbir natijasida jami 13 kilogramm 80 gramm “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu miqdordagi narkotik vosita qariyb 200 ming nafar insonni giyohvandlik domiga tortishga yetarli bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra ushlab qolingan mazkur narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati oxirgi isteʼmolchiga yetib borganuniga qadar 1,7 million AQSH dollaridan ham oshib ketishi mumkin edi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
  • 💯 1
Post #8571 472
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal #giyohvandlikka_qarshi_kurash 17 yoshli maktab o’quvchisi Rossiyadan 852 gr. gashishni qabul qilib olganda qo‘lga olindi! Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tezkor…
Фарзандларингизга эътиборсиз бўлманг!

Мени болам ақлли, мени фарзандим билан бундай ҳолат содир бўлмайди” - дея хотиржамликка берилиб, ғафлатда қолманг!
  • 👌 2
  • 👍 1
Post #8567 481
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

17 yoshli maktab o’quvchisi Rossiyadan 852 gr. gashishni qabul qilib olganda qo‘lga olindi!

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda respublikamizga giyohvandlik vositalarining kontrabandasini olish va fosh etish yuzasidan “xalqaro nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2009-yilda tug‘ilgan, ya’ni voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olganda qo‘lga olindi.

Jo‘natma xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gr “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.

Tezkor tadbir davomida o‘smir yoshning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, bu yerda elektron tarozilar, narkotik moddalarni tarqatishga mo‘ljallangan “zip” paketchalari hamda izolentalari borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

852,2 gr. “gashish” o‘rta hisobda 60 ming dozadan oshadi va ushbu hajmdagi narkotikning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Shu o‘rinda ota-onalardan farzandlariga nisbatan e’tiborni susaytirmasliklarini va ularni doimiy nazorat qilishlarini so‘rab qolamiz. Xususan, farzandlarining ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan muloqot qilayotgani va bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganiga yanada jiddiy e’tibor qaratishga chaqiramiz.

Hozirda holatda yuzasidan Bojxona qo’mitasi tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.
  • 😢 3
Post #8565 668
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Электротехника маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар томонидан ўз эҳтиёжлари учун республикага олиб кириладиган полиэтилен гранулалари 2028 йил 1 январга қадар акциз солиғидан озод қилинди.
Post #8564 902
ЭЪЛОН!

Қозоғистон Давлат даромадлари қўмитаси хабарига кўра, Хитойда “Куз ўртаси байрами” нишонланиши муносабати билан 2026 йил 25 сентябрь куни Қозоғистон–Хитой чегарасидаги автомобиль ўтказиш пунктлари орқали шахслар, транспорт воситалари ва юклар ўтказилмайди.

Темир йўл ўтказиш пунктлари одатий тартибда ишлашни давом этади.

Ташувчилар ва фуқаролар йўналишларни режалаштиришда мазкур чекловни инобатга олишлари мақсадга мувофиқ.
  • 👍 3
Post #8552 635
Кун нафаси!
  • 🔥 2
  • 🤔 2
Older posts →

About this channel

How can I read @husantangriyev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Husan Tangriyev I Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Husan Tangriyev I Rasmiy kanal have?
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal (@husantangriyev) has 2.17K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Husan Tangriyev I Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →