🔹 Tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
Chilonzor tumanining “Katta Dombrobod” MFY hududida Chilonzortumangaz gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi Tishabayev Sardor Fatxullayevich boshchiligida iste’molchilar ishtirokida ommaviy va sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida aholiga tabiiy gazdan oqilona va tejamkor foydalanish, gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, gaz hisoblagichlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hamda amaldagi talab va qoidalarga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Targ‘ibot-tushuntirish ishlari poytaxt mahallalarida izchil davom ettiriladi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10604
455




