TGViewer
Channel Public Channel
HR Biznesni rivojlantirish banki

HR Biznesni rivojlantirish banki

@hr_brb

📍Строй будущее вместе с нами
📍Kelajak sari biz bilan

📌Для обратной связи| Aloqa uchun @HR_BRB_bot
Subscribers
6.53K
Photos
801
Videos
50
Links
455
Recent Posts 6 shown
Post #1198 1.69K
📣 LIZING KOMPANIYASIGA BOSH DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV!

🔷 TALABLAR:
• Bank yoki lizing sohasida rahbarlik lavozimida 3–5 yillik tajriba;
• Lizing biznesini tashkil etish yoki rivojlantirish tajribasi;
• Lizing bozori, qonunchilik va MHXS 16 standartini bilish;
• Sotuv, risklarni boshqarish va anderrayting bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar.
🔷 VAZIFALAR:
• Kompaniya strategiyasi va biznes-rejasini amalga oshirish;
• Lizing portfeli va rentabellik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish;
• Bank filiallari orqali sotuvlarni rivojlantirish;
• Samarali jamoani shakllantirish;
• Aktivlar sifati va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash.
📩 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
👉 Vakansiyaga o‘tish
#Vakansiya #BoshDirektor #Lizing #BRB
  • ❤ 2
Post #1197 2.2K
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga qo‘shiling!
Operatsion risklar boshqarmasi menejeri lavozimiga tajribali mutaxassisni ishga taklif qilamiz.
🔷 ASOSIY VAZIFALAR:
• Operatsion risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish;
• Risk-appetit va limitlarni nazorat qilish, stress-testlar o‘tkazish;
• Risklarni boshqarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va jarayonlarni avtomatlashtirish;
• Bank rahbariyati va kollegial organlar uchun hisobotlar tayyorlash.
🔶 TALABLAR:
• Iqtisodiyot, moliya, matematika yoki statistika yo‘nalishida oliy ma’lumot;
• Bank-moliya tizimida kamida 6 yil, shundan tegishli yo‘nalishlarda kamida 3 yil ish tajribasi;
• Operatsion risklarni boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
• O‘zbek tilini a’lo, rus tilini yaxshi, ingliz tilini o‘rta darajada bilish;
• FRM, PRM yoki CFA sertifikatlari afzallik hisoblanadi.
🔶 BIZ TAKLIF QILAMIZ:
• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi;
• Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti;
• Raqobatbardosh ish haqi va natijaga bog‘liq bonuslar;
• Poytaxt markazida joylashgan ofis.
📩 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
👉 hh.uz orqali ariza topshirish. Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 01.10.2026
  • ❤ 5
  • 🔥 1
Post #1196 4.31K
🚀 KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING!

📍 Xiva BXM jamoasiga
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i) lavozimiga kuchli mutaxassislarni taklif qilamiz!

💼 Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
🔹 Korporativ va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash
🔹 Yangi mijozlarni jalb qilish va hamkorlikni rivojlantirish
🔹 Kredit va bank mahsulotlarini taklif etish
🔹 Mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish
🔹 Biznes rejalar va moliyaviy tahlillarni ishlab chiqish
🔹 Hududdagi bizneslarni rivojlantirishga ko‘maklashish

🎯 Biz izlayotgan nomzod:
✅ Oliy iqtisodiy ma’lumotli
✅ Bank sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega
✅ Kreditlash va korporativ biznes bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
✅ Moliyaviy tahlilni yaxshi biladi
✅ Mijozlar bilan samarali muloqot qila oladi
✅ Tizimli va tanqidiy fikrlaydi
✅ MS Office va bank tizimlaridan foydalana oladi

Rus yoki ingliz tilini bilish — ustunlik beradi!

📍 Ish joyi: Xorazm viloyati, Xiva shahri
💼 Lavozim: Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)

Sizning tajribangiz — BRB rivoji uchun muhim!
📩 Bizning jamoaga qo‘shiling va yangi marralarni birga zabt eting!

Ma'lumotnomalaringizni telegram orqali @HR_BRB_Recruit ga tashlashingiz mumkin

Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 15.09.2026
  • ❤ 6
Post #1189 6.31K
🚀 Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da!

📍 24–25-avgust kunlari Toshkent shahridagi Central Asian Expo Uzbekistan majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Global Finance & Technology Network (GFTN) tomonidan tashkil etilgan ilk xalqaro Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bo‘lib o‘tdi.

🌍 Forum 2 000 dan ortiq delegatni — markaziy banklar rahbarlari, regulyatorlar, investorlar va yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonda jamladi.

🏦 «Biznesni rivojlantirish banki» ATB o‘zining texnologik kompaniyasi BRB-TECH bilan birgalikda forumda jamoamiz tomonidan tashqi vendorlarsiz, mustaqil ishlab chiqilgan fintech yechimlarini namoyish etdi.

BRB stendida taqdim etilgan yechimlar:

🖐 Biometrik to‘lov tizimi — Pay by Palm / Pay by Smile
Stendning asosiy eksponati — kaft yoki tabassum orqali, karta va telefonsiz to‘lov imkonini beruvchi innovatsion yechim. O‘zbekiston bank sektorida ushbu texnologiya ilk bor namoyish etildi. Mehmonlar kaftini ko‘rsatish orqali kofe uchun to‘lovni real vaqt rejimida amalga oshirib ko‘rishdi.

📊 Kredit monitoring va erta ogohlantirish tizimi
Kredit portfelidagi risklarni real vaqt rejimida tahlil qiladi, aktivlar sifati yomonlashishining dastlabki belgilarini aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tavsiyalar shakllantiradi. Forum tizimning jonli demo-versiyasi namoyish etildi.

🤖 Sun’iy intellekt asosidagi undirish tizimi
Muammoli qarzlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiradi. AI-operator mijozlar bilan telefon muzokaralarini mustaqil olib boradi. Stend mehmonlari tizim orqali amalga oshirilgan real qo‘ng‘iroq yozuvini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.

💼 «Biznes 24/7»
Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari platformasi — to‘lovlarni yaratish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa bank operatsiyalarini 24/7 amalga oshirish imkonini beradi.

🔗 CRM360
Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning yagona ekotizimiga birlashtiruvchi ichki CRM-platforma.

💳 «Sherdor» premium kartasi
Forumda bankning flagman mahsulotlaridan biri — «Sherdor» premium kartasi ham alohida taqdim etildi. Uning nomi O‘zbekistonning boy tarixiy merosiga ishora qilib, Buyuk ipak yo‘lining innovatsion ruhi va milliy an’analarni uyg‘unlashtiradi.

💡 BRB va BRB-TECH — milliy bank texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqayotgan jamoa!


🏦 @HR_BRB
  • ❤ 6
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @hr_brb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for HR Biznesni rivojlantirish banki: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does HR Biznesni rivojlantirish banki have?
HR Biznesni rivojlantirish banki (@hr_brb) has 6.53K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does HR Biznesni rivojlantirish banki know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →