TGViewer
HR Biznesni rivojlantirish banki HR Biznesni rivojlantirish banki @hr_brb · 6.54K subscribers
Post #1189 6.4K
🚀 Biznesni rivojlantirish banki va BRB-TECH — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da!

📍 24–25-avgust kunlari Toshkent shahridagi Central Asian Expo Uzbekistan majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Global Finance & Technology Network (GFTN) tomonidan tashkil etilgan ilk xalqaro Silk Road Finance & Technology Forum 2026 bo‘lib o‘tdi.

🌍 Forum 2 000 dan ortiq delegatni — markaziy banklar rahbarlari, regulyatorlar, investorlar va yetakchi texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonda jamladi.

🏦 «Biznesni rivojlantirish banki» ATB o‘zining texnologik kompaniyasi BRB-TECH bilan birgalikda forumda jamoamiz tomonidan tashqi vendorlarsiz, mustaqil ishlab chiqilgan fintech yechimlarini namoyish etdi.

✨ BRB stendida taqdim etilgan yechimlar:

🖐 Biometrik to‘lov tizimi — Pay by Palm / Pay by Smile
Stendning asosiy eksponati — kaft yoki tabassum orqali, karta va telefonsiz to‘lov imkonini beruvchi innovatsion yechim. O‘zbekiston bank sektorida ushbu texnologiya ilk bor namoyish etildi. Mehmonlar kaftini ko‘rsatish orqali kofe uchun to‘lovni real vaqt rejimida amalga oshirib ko‘rishdi.

📊 Kredit monitoring va erta ogohlantirish tizimi
Kredit portfelidagi risklarni real vaqt rejimida tahlil qiladi, aktivlar sifati yomonlashishining dastlabki belgilarini aniqlaydi hamda risk-menejment uchun tavsiyalar shakllantiradi. Forum tizimning jonli demo-versiyasi namoyish etildi.

🤖 Sun’iy intellekt asosidagi undirish tizimi
Muammoli qarzlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtiradi. AI-operator mijozlar bilan telefon muzokaralarini mustaqil olib boradi. Stend mehmonlari tizim orqali amalga oshirilgan real qo‘ng‘iroq yozuvini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.

💼 «Biznes 24/7»
Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari platformasi — to‘lovlarni yaratish, hisobotlarni shakllantirish va boshqa bank operatsiyalarini 24/7 amalga oshirish imkonini beradi.

🔗 CRM360
Bankning barcha biznes yo‘nalishlarini mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning yagona ekotizimiga birlashtiruvchi ichki CRM-platforma.

💳 «Sherdor» premium kartasi
Forumda bankning flagman mahsulotlaridan biri — «Sherdor» premium kartasi ham alohida taqdim etildi. Uning nomi O‘zbekistonning boy tarixiy merosiga ishora qilib, Buyuk ipak yo‘lining innovatsion ruhi va milliy an’analarni uyg‘unlashtiradi.

💡 BRB va BRB-TECH — milliy bank texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqayotgan jamoa!


🏦 @HR_BRB
  • ❤ 6
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • 👏 1
More from @hr_brb
  1. Sep 22, 2026📣 LIZING KOMPANIYASIGA BOSH DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV! 🔷 TALABLAR: • Bank yoki lizing s…
  2. Sep 21, 2026🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasiga qo‘shiling! Operatsion risklar boshqarmas…
  3. Sep 10, 2026🚀 KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING! 📍 Xiva BXM jamoasiga Korporativ mijozlar bizne…
  4. Aug 13, 2026#BRB #YoshIqtidorlari #Yoshlar #Trening #Rivojlanish #KelajakLiderlari 📽 “BRB Yosh iqtido…
  5. Jul 28, 2026#BRBZakovat 🧠 “BRB Zakovat” III mavsumi 1-turining hayajonli va qiziqarli lahzalaridan fo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →