TGViewer
Hilola Umarova Hilola Umarova @hilola_umarova · 16.3K subscribers
Post #2769 9.96K
#auditoriyamiz_afsonalari

“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan videolarimizni koʻrib boryapsizmi, sizlarga ma’qulmi?

Bugungi qahramonimiz – adabiyotshunos, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Natan Mallayev. Bugun olimning ilm yo‘lidagi xizmatlari, shogirdlar bilan munosabati, ibratli hayot yoʻlini eslaymiz.

Universitetimizda tahsil olgan, keyinchalik uzoq yillar talabalarga dars bergan olimning ilm-fanga xizmati katta. Birgina misol: uning maktablar uchun yozgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligi 30 marotaba qayta chop etilgan. Shuningdek, olim oliy o‘quv yurtlari uchun birinchi “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligini yozgan, o‘zbek mumtoz adabiyoti va folklori boʻyicha qimmatli tadqiqotlar olib borgan.

Umid qilamizki, Natan Mallayevning yaqin shogirdlaridan biri Hamidjon Homidiy tilidan aytilgan xotiralar, voqealar sizlarga ham qiziq, ibratli.

Ilm yo‘lida jo‘nlikdan, murabbiylikda nopoklikdan, munosabatlarda ta’magirlikdan, obro‘ yoki mansab uchun laganbardorlikdan yiroq olim – Natan Mallayevni eslash, ilmiy merosini oʻrganish va davom ettirish lozim.
 
Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.

@hilola_umarova
  • 👍 31
  • 👏 7
  • 🕊 4
More from @hilola_umarova
  1. Sep 23, 2026Universitet rivojining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi 👍 Nizomiy nomidagi O‘zbekis…
  2. Sep 22, 2026Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi ⚡️YUNESKO bilan hamkorli…
  3. Sep 16, 2026Talabalar turar joyida yashayotgan yigit-qizlarimiz holidan xabar oldik. Bir guruh xorijli…
  4. Sep 14, 2026Yaponiya bilan hamkorlik: Hokkaydo universiteti vakillarining universitetimizga tashrifi y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →