#karyera_kuni
2026-yil 15-oktyabr kuni Oqoltin tumanida Guliston davlat universitetini tamomlayotgan, doimiy yashash manzili Oqoltin tumanida bo‘lgan bitiruvchilar uchun Oqoltin tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oqoltin tumani hokimi X.Suvonov, Guliston davlat universitetining Registrator ofisi boshlig‘i F.Irsaliyev hamda tumandagi turli xil tashkilot va muassasalar rahbarlari, xususiy sektor vakillari va tijorat banklari ishtirok etdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi davomida bitiruvchilar o‘zlarining startap loyihalari va biznes rejalari bilan chiqish qilib, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy yordam so‘radilar. Mutasaddi rahbarlar tomonidan ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi va zarur tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchilar va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolashga kelishib olishdi. Jumladan: 3 nafar Davolash ishi hamda Pediatriya ishi bitiruvchilari tumandagi ehtiyoj mavjud Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi bilan, 2 nafar Axborot tizimlari ta’lim yo‘nalishi hamda 3 nafar Filologiya tillarni o‘qitish o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari tumandagi umumta’lim maktablari bilan 3 tomonlama shartnomalar imzolashga kelishib olishdi.
@gulduuz
Post #48679
1.34K



