#forum
Ozarbayjon Respublikasida “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumiga start berildi
Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida 16–17-oktabr kunlari “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Forumda Ozarbayjonning 13 ta va O‘zbekistonning 17 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abdushohit Pozilov forumning yalpi majlisida so‘zga chiqib, xalqaro hamkorlik kelishuvlarini barqaror va samarali akademik hamkorlikka aylantirishdagi asosiy muammolar hamda imzolangan kelishuvlarni qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik mobillik va hamkorlikdagi loyihalar orqali amalda ijro etish mexanizmlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
Forum doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 56 ta hamkorlik hujjatini imzolash rejalashtirilgan.
Guliston davlat universiteti ham Ozarbayjonning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashni rejalashtirgan.
@gulduuz
Post #48764
1.19K









