TGViewer
GulDU.uz | Rasmiy kanal GulDU.uz | Rasmiy kanal @gulduuz · 7.84K subscribers
Post #48781 616
#bellashuv

“Tarix — kelajak ko‘zgusi”: bilimdonlar bellashdi

2026-yil 16-oktabr kuni talabalar turar joyida talabala-yoshlar ishtirokida “Tarix – kelajak ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularda tarixiy tafakkur, mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy tariximizga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda turli bosqich talabalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Tamaddun”, “Yuksalish”va “Turon” jamoalari tomonidan “Mental xarita”, “Siz kimsiz?” va “Rasm ortidan izla” kabi qiziqarli intellektual shartlar tayyorlandi.

Musobaqa davomida jamoalar tarixiy voqealar, buyuk tarixiy shaxslar va sivilizatsiyalar taraqqiyotiga oid bilimlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, “Mental xarita” sharti talabalarning tarixiy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash va tizimli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

“Siz kimsiz?” hamda “Rasm ortidan izla” shartlari esa tarixiy shaxslar va voqealarni belgilar hamda tasvirlar asosida aniqlash, tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Sirli nominatsiya” ham tashkil etilib, unda “Eng sarishta xona” aniqlandi. Ushbu nominatsiya talabalar o‘rtasida ozodalik, tartib-intizom va turar joy madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan intellektual bellashuv yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Yuksalish” jamoasi;
2-o‘rin — “Turon” jamoasi;
3-o‘rin — “Tamaddun” jamoasi.


G‘olib jamoalar bilim va ma’naviyatning bebaho manbai bo‘lgan tarixiy hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

@gulduuz
More from @gulduuz
  1. Oct 16, 2026#xalqaro_hamkorlik #forum O‘zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlarining II forumi b…
  2. Oct 16, 2026#forum Ozarbayjon Respublikasida “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik”…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →