TGViewer
GulDU.uz | Rasmiy kanal GulDU.uz | Rasmiy kanal @gulduuz · 7.87K subscribers
Post #48671 1.1K

Forwarded from Edu.uz

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.

Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.

“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @gulduuz
  1. Oct 15, 2026✨💼 Битирувчи ёшлар бандлигини таъминлаш ва малакали кадрларни қўллаб-қувватлаш масалалари…
  2. Oct 15, 2026#Ekofaol_talabalar #Eko_Zakovat GulDU talabalari “Ekozakovat” turnirida faxrli 3-o‘rinni e…
  3. Oct 15, 2026#workshop 2026-yil 15-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti “Menejment” kafedrasining…
  4. Oct 15, 2026#karyera_kuni 2026-yil 15-oktyabr kuni Oqoltin tumanida Guliston davlat universitetini tam…
  5. Oct 15, 2026#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →