#Ekofaol_talabalar
#Eko_Zakovat
GulDU talabalari “Ekozakovat” turnirida faxrli 3-o‘rinni egallashdi
2026-yil 15-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar forumida faol ishtirok etdilar. “Biz tabiat himoyachilarimiz” shiori ostida o‘tkazilgan forum doirasidagi “Ekozakovat” intellektual turniri talabalarning ekologik bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi bilim va qarashlarini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Mazkur bellashuvda GulDU talabalari o‘z bilimlari, zukkoligi va jamoaviy hamjihatligini namoyish etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan, faol va tashabbuskor mutaxassislarni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamdir. G‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi o‘qishlari va faoliyatida yangi yutuqlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz!
@gulduuz
Post #48686
1.13K





