🌐 Enterprise GIS bo‘yicha bepul Esri kursi boshlandi!
Esri’ning Make an Impact with Enterprise GIS MOOC kursi tashkilotlarda GIS tizimini to‘g‘ri rejalashtirish, boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan. Kursda GIS imkoniyatlarini tashkilotning biznes va IT maqsadlari bilan bog‘lash, tizim arxitekturasini shakllantirish, jamoa va ish jarayonlarini boshqarish hamda Enterprise GIS samaradorligini baholash o‘rgatiladi.
📚 Kursda:
🔹 Enterprise GIS strategiyasini ishlab chiqish
🔹 GIS va IT jarayonlarini muvofiqlashtirish
🔹 Tizim arxitekturasini rejalashtirish
🔹 Jamoa va manfaatdor tomonlar bilan ishlash
📅 09.09.2026-22.10.2026
⏳ Davomiyligi: 6 hafta
⏱️ Haftasiga: 1,5–2 soat
💰 Bepul
🎓 Barcha bo‘limlarni tugatganlarga Esri sertifikati beriladi.
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish 23-sentabr 2026 kuni, Tinch okeani vaqti bilan 23:59 da yakunlanadi.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish va kurs haqida ma'lumot
#ArcGIS #Esri #EnterpriseGIS #GIS #MOOC #Geospatial #GeoTech
🌍 @geostars
Post #5235
2.17K

- 👍 5
- 🔥 3
- 👏 2
- ❤ 1