TGViewer
GEOSTARS GEOSTARS @geostars · 736 subscribers
Post #5234 967
🌍 DUNYO XARITASI O‘ZGARMOQDA!

2026-yil 4-sentabrda BMT Bosh Assambleyasi Equal Earth kabi teng maydonli xaritalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatladi. Qarorni 164 davlat ma’qulladi.


🗺 Mercator 1569-yilda navigatsiya uchun yaratilgan. U yo‘nalishlarni yaxshi saqlaydi, ammo qutblarga yaqin hududlarni kattalashtirib ko‘rsatadi. Masalan, Afrika Grenlandiyadan qariyb 14 baravar katta bo‘lsa ham, xaritada ular bir-biriga yaqin ko‘rinadi.

🌐 Equal Earth 2018-yilda yaratilgan. U materik va davlatlar maydonini real nisbatga yaqin ko‘rsatadi. Shu sabab global va tematik xaritalar uchun qulay. Kamchiligi, shakl va yo‘nalishlarda buzilishlar mavjud.

GIS kodlari:
Mercator, EPSG:3857
World Mercator, EPSG:3395
Equal Earth, EPSG:8857

🔥 Bu o‘zgarish hozir GIS va kartografiya olamida keng muhokama qilinmoqda.

#wordmap #mercator #equilearth

🌍 @geostars
  • 👍 4
More from @geostars
  1. Sep 14, 2026🌐 Enterprise GIS bo‘yicha bepul Esri kursi boshlandi! Esri’ning Make an Impact with Enter…
  2. Sep 2, 2026🌍🦖 Yer 170 million yil oldin qanday ko‘rinishda bo‘lgan? Ancient Earth — Yerning million…
  3. Aug 22, 2026🌍 Dunyo mamlakatlari chegaralarini qayerdan yuklab olish mumkin? Bugungi kunda BMTga 193…
  4. Aug 22, 2026Post #5230
  5. Aug 12, 2026GEOSTARS pinned a photo
  6. Aug 12, 2026🛰 ArcGIS’da sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilishni o‘rganing! Esri’ning The ArcGIS…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →