🌍 Dunyo mamlakatlari chegaralarini qayerdan yuklab olish mumkin?
Bugungi kunda BMTga 193 ta davlat a’zo. GIS’da dunyo xaritasini yaratishda davlatlar chegarasi ADM0, viloyat yoki shtatlar ADM1, tuman kabi hududlar esa ADM2 darajasida beriladi.
🗺 Dunyo bo‘yicha ma’muriy chegaralarni SHP va boshqa GIS formatlarida olish uchun ishonchli manbalar:
🏦 World Bank Official Boundaries
World Bank tasdiqlagan ADM0, ADM1 va ADM2 chegaralari. SHP, GeoJSON va GeoPackage formatlari mavjud.
🌐 geoBoundaries
Dunyo bo‘yicha ADM0, ADM1 va ADM2 qatlamlarini alohida yuklab olish mumkin. Ayrim davlatlarda ADM3–ADM5 darajalari ham mavjud.
🗺 GADM
Davlatlardan tortib quyi ma’muriy birliklargacha batafsil chegaralar bazasi.
🌎 Natural Earth
Dunyo xaritalari yaratish uchun davlatlar, ma’muriy hududlar, yo‘llar, shaharlar va boshqa tayyor vektor ma’lumotlari.
💡 GIS loyihangiz uchun kerakli chegaralarni shu manbalardan yuklab, QGIS yoki ArcGIS’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochishingiz mumkin.
#GIS #SHP #OpenData
🌍 @geostars
Post #5231
1.06K

- 👍 5