TGViewer
GAP | Women IT Club GAP | Women IT Club @gapitclub · 1.19K subscribers
Post #220 90
📌 “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi: qiyinchiliklardan natijaga

✨ 24-sentabr kuni “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida xotin-qizlar uchun forum bo‘lib o‘tdi. Forum ayollarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlik va sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlandi. Unda 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

✅ Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ochib berdi.

Forumda O‘zbekistonning StartupBlink reytingida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida “Yil mamlakati” deb e’tirof etilgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz gender tengligi indeksida esa ikki yilda 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarilgani qayd etildi.

🔍 Raqamlarda:
➡️ xotin-qizlar tomonidan yaratilgan 220 dan ortiq startap 4,6 mln AQSh dollaridan ziyod investitsiya jalb qilgan;

➡️ Coursera ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda generativ AI kurslari o‘quvchilarining 58,9 foizi xotin-qizlardir.

🎯 Inkubatsiya dasturlarida xotin-qizlar ulushi 18 foiz bo‘lsa, akseleratsiya bosqichida 7,7 foizga teng. Shu sababli endigi maqsad ta’lim, mentorlik, investitsiya va xalqaro bozor imkoniyatlarini yagona zanjirga bog‘lashdir.

✔️ “Women, Tech & Startups” panel muhokamasida 6 nafar ekspert ishtirok etdi:

🎤 N.Sultonxodjayeva (“TBC Biznes”) – xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari;
🎤 R.Khamdamov (“BILLZ”) – kichik startapdan taniqli texnologik kompaniyagacha bo‘lgan yo‘l;
🎤 L.Wheatcroft (“Coursera”) – AI va raqamli ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirish;
🎤 A.Filippova (“IT Park Ventures”) – grantlar, soliq imtiyozlari, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari;
🎤 S.Konev (“IKIGAI PROMOTION”) – sun’iy intellekt yordamida jamoasiz startap boshlash;
🎤 G.Mamirova (“Yashil tashabbuslar” jamg‘armasi) – yashil startaplar va barqaror daromad modeli.

🤖 Shvetsiyalik AI ekspertlari Sh.Alikhanova va A.Alimov “Create Your AI Assistant” workshopini o‘tkazdi. Unda ishtirokchilar real vaqt rejimida o‘z shaxsiy AI-yordamchisini yaratish imkoniga ega boʻlishdi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
More from @gapitclub
  1. Sep 26, 202613:45 25.09.2026 “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi boʻlib oʻtdi #Toshkent muxbi…
  2. Sep 25, 2026🔍 G‘oyadan natijagacha: xotin-qizlar startap ekotizimida ✨ 24-sentabr kuni ICT Week Uzbek…
  3. Sep 24, 2026✨ ICT Week Uzbekistan 2026'da ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi ✨…
  4. Sep 24, 2026🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada ✨ ICTW…
  5. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →