TGViewer
GAP | Women IT Club GAP | Women IT Club @gapitclub · 1.19K subscribers
Post #208 111
🔍 G‘oyadan natijagacha: xotin-qizlar startap ekotizimida

✨ 24-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum texnologiyalar, startaplar va sun’iy intellekt yo‘nalishida rivojlanishni istaganlar uchun ekspertlar bilan tajriba almashish, amaliy bilim olish va yangi aloqalar o‘rnatish maydoniga aylandi.

📌Bugun O‘zbekistonda xotin-qizlar tomonidan yaratilgan 220 dan ortiq startap mavjud bo‘lib, ular 4,6 mln AQSh dollaridan ziyod investitsiya jalb qilgan.

📌 Coursera ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda generativ AI kurslarida tahsil olayotganlarning 58,9 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.


✅ “Women, Tech & Startups” panel muhokamasida biznes, texnologiyalar, ta’lim, investitsiya va startap ekotizimi ekspertlari o‘z tajribasi va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

🌸 GAP | Women IT Club uchun muhim yo‘nalishlardan biri - xotin-qizlarning texnologiyalarda nafaqat bilim olishi, balki o‘z g‘oyalarini real loyihalar, startaplar va yangi kasbiy imkoniyatlarga aylantirishi uchun muhit yaratish.

Texnologiyalarda ayollar soni ortmoqda. Keyingi qadam - ularning g‘oyalari, loyihalari va bizneslari ham birga o‘sishi.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
More from @gapitclub
  1. Sep 26, 2026📌 “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi: qiyinchiliklardan natijaga ✨ 24-sentabr k…
  2. Sep 26, 202613:45 25.09.2026 “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi boʻlib oʻtdi #Toshkent muxbi…
  3. Sep 24, 2026✨ ICT Week Uzbekistan 2026'da ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi ✨…
  4. Sep 24, 2026🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada ✨ ICTW…
  5. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →