TGViewer
GAP | Women IT Club GAP | Women IT Club @gapitclub · 1.19K subscribers
Post #202 112
✨ ICT Week Uzbekistan 2026'da ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi

✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” AKT haftaligi doirasida GAP | Women IT Club loyihalariga bag‘ishlangan “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” seminari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

✅ Ushbu hamjamiyat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim, karyera, tadbirkorlik, yetakchilik va mentorlik yo‘nalishlarida 10 dan ortiq loyiha va tashabbusni amalga oshirmoqda.

📊 Seminar davomida xotin-qizlarni AT va raqamli texnologiyalar sohasiga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy o‘sishi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: 2022-yildan buyon 40 ga yaqin tadbir orqali 10 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olindi, hududlarda esa raqamli savodxonlikka oid tadbirlarda 2 mingdan ortiq ayol ishtirok etdi. AT sohasidagi xotin-qizlar uchun ilk milliy mukofot – “Yulduz Tech Awards” bilan jami 39 nafar xotin-qiz taqdirlangan bo‘lsa, “IT Drivers of Uzbekistan” loyihasidagi “12 ta muvaffaqiyat” hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin ko‘rilgan.


📱 Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan axborot burchagida my.gov.uz portali bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etildi: portal foydalanuvchilarining qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, xizmatlar tahliliga ko‘ra esa ulardan 99 ga yaqini xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
More from @gapitclub
  1. Sep 25, 2026🔍 G‘oyadan natijagacha: xotin-qizlar startap ekotizimida ✨ 24-sentabr kuni ICT Week Uzbek…
  2. Sep 24, 2026🗣 GAP loyihasidan raqamli identifikatsiyagacha: kelajak texnologiyalari muhokamada ✨ ICTW…
  3. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi YUNESKO shafeligida Sun’iy intellekt etikasi bo‘y…
  4. Sep 23, 2026📣 Ertaga “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi! ✨ 24-sentabr kuni IC…
  5. Sep 22, 2026✨ GAP | Women IT Club ilk bor ICT Week’da! 🟢22–25 sentabr kunlari GAP | Women IT Club mam…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →