🔸 Qoraqalpoq davlat universitetida xotin-qizlar uchun TechnoWomen Forumi o‘tkaziladi
Joriy yilning 19-sentabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida TechnoWomen Forumi bo‘lib o‘tadi.
🔠 Forum Markaziy Osiyoda xotin-qizlarning tadbirkorlik va eksport faoliyatini kengaytirish, investitsiya imkoniyatlarini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.
Tadbir doirasida eksport, investitsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ayollar tadbirkorligiga oid 6 ta panel muhokamasi o‘tkaziladi:
➖Markaziy Osiyo eksport ekotizimi;
➖Eksport qilayotgan ayollar: muvaffaqiyat hikoyalari;
➖Eksportni rivojlantirishda AI va raqamli texnologiyalar;
➖Chegarasiz eksport: Markaziy Osiyo biznesi uchun yangi imkoniyatlar;
➖“Ayol chegaralarsiz”;
➖O‘sishni moliyalashtirish: investitsiyalar va eksportni moliyalashtirish.
📌 Panel muhokamalarida eksport va investitsiyalar, texnologiyalar, tadbirkorlik hamda moliya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspertlar, tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajriba va qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.
🟪 Karuselni varaqlang, har bir panelda kimlar ishtirok etishini bilib oling!
📍Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
🗓 19-sentabr
Telegram | Instagram | Youtube | LinkedIn
Post #187
157
