Ustoz va murabbiylar — e’zozda
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida faxriylarga sohadagi ko‘p yillik mehnati, boy tajribasi va yosh xodimlar tarbiyasiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, bayram sovg‘alari topshirildi.
Faxriylarning ibratli hayot yo‘li va boy kasbiy tajribasi bugungi avlod uchun muhim maktab ekani alohida ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
Kanalga ulanish 👉 fviib.uz
🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
Post #37097
1.19K






- 👍 3
- 🎉 1