🇺🇿🇰🇬 FarDUning 13 nafar professor-o‘qituvchisi Qirg‘iz Respublikasida 144 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi
2026-yil 10-sentabrdan 8-oktabrga qadar Farg‘ona davlat universitetining 13 nafar professor-o‘qituvchisi Qirg‘iz Respublikasining O‘sh davlat universitetida 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Kurs dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘sh davlat universiteti vakillari ham ishtirok etdilar.
Mazkur malaka oshirish dasturi professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim tajribalarini o‘zlashtirish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🤝 FarDU xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda.
#FarDU #OshDavlatUniversiteti #MalakaOshirish #XalqaroHamkorlik
Post #25822
742



