Tabiiy fanlar va agrar qo‘shma fakultetida kimyo va geografiya ta’lim yo‘nalishlarining 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda fakultet dekani Sh. Mamajonov tomonidan talabalarning ta’lim-tarbiyasi, fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda darslarga qatnashish holati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
🔹 Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Tursunov talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizligi hamda tartib-intizomini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot berdi.
🔹 Shuningdek, tyutorlar talabalar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ularning o‘qishdagi faolligi, yashash sharoitlari va ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Zero, ta’lim va tarbiyadagi samarali hamkorlik — talaba kelajagining mustahkam poydevoridir!
✅FarDU rasmiy sahifalari
👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website






