🎭 Xabaringiz bor, “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi respublika final bosqichi o‘tkazilgan edi. Unda oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan ishtirok etib, o‘zaro bellashgan.
📺Bugundan boshlab final bosqichida namoyish etilgan spektakllarni har hafta seshanba va juma kunlari YouTube sahifamiz orqali premyera qilib boramiz.
◀️Ilk spektakl – Farg‘ona davlat universiteti teatr jamoasining “Ilhom” jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Sen yetim emassan” spektakli. Unda Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentga keltirilgan bolalar taqdiri samimiy va ta’sirchan tarzda yoritilgan. Mazkur spektakl ko‘rik-tanlovda 2-o‘ringa loyiq ko‘rilgan edi.
➡️Spektakl premyerasini ko‘rish
🎬 Tanlov doirasida namoyish etilgan spektakllar har hafta chorshanba va shanba kunlari ushbu telegram kanalga joylab boriladi. Videoga YouTubeda like bosib, izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram