TGViewer
Channel Public Channel
Registrar's office

Registrar's office

@fsturegistrarsoffice

Farg'ona davlat texnika universiteti Registrator office
Subscribers
2.25K
Photos
304
Videos
78
Links
237
Recent Posts 20 shown
Post #574 520
❗️DIQQAT, E’LON!

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.

🔰 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr.

📚 Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.

⏰ Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.

📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar: ⤵️

Qoraqalpog‘iston
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Buxoro
Xorazm
Surxondaryo
Qashqadaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Sirdaryo
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181

Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 2
Post #573 622
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra:

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri edi.

***

Karimova Eʻzozxon Gapirjanovna Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi.
  • ❤ 1
Post #572 819
ПФ-213.pdf661.8 KB
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni

Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:
✅ maktabgacha taʼlim va tarbiya;
✅ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
✅ kasbiy taʼlim;
✅ oliy taʼlim;
✅ oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
✅ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
✅qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari
va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha
huquqiy vorisi hisoblanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 2
Post #570 805
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • ❤ 1
Post #569 496

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
— 
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.

Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.

Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.

Facebook|Instagram|X
Post #568 720
MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон ва бепул текширинг!

Агар орасида фойдаланмаётганларингиз бўлса, уларни ўчиртириб қўйинг. Бу карталар ёки SIM-карталардан бошқаларнинг ноқонуний фойдаланиши ва сизга зарар етказилишининг олдини олишга ёрдам беради.
  • 🔥 1
Post #567 769
❗️17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

Prezidentning 2-oktyabrdagi qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 14 ta pedagogika hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:

▪️yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
▪️pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
▪️pedagogik ta’limning uzviyligi va uzluksizligini, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash;
▪️pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.



👉 @xushnudbek 👈
  • ❤ 1
Post #566 1.54K
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi.

🔰 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

❇️ Mazkur tizim “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Yangi tartibga ko‘ra:
▪️ dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari OTTar tomonidan har yili 1-sentyabrga qadar belgilanadi;

▪️ dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi. Bunda:

➖nomzodlar korxonaning yo‘llanmasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;
➖texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 2 yoki 3-kursidan o‘qishini davom ettirishga ruxsat beriladi;

▪️ dual ta’lim OTT, ish beruvchi va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi. Bunda:

➖korxona tomonidan talabaga oʻqish davri davomida oʻzining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqi toʻlanadi;
➖talaba bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korxona yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatini oladi;

▪️ o‘quv jarayonining kamida 30 foizi nazariy ta’limga ajratiladi, qolgan qismi esa amaliy tayyorgarlik asosida tashkil etiladi;

▪️ dual ta’lim jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ishtiroki CareerEdu platformasi orqali monitoring qilib boriladi;

▪️davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha OTTlarga buyurtma berish hamda xarajatlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;

▪️talabalar o‘qishini dual taʼlim shaklidan taʼlimning boshqa shakllariga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, faqat o‘zgartirishga korxona bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
Post #565 1.07K
#magistratura #qabul2026 #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi!

Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati
uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktabrga qadar uzaytirildi.

Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #564 1.08K
Kelasi yildan 20 ta oliy ta’lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich integratsiyalashgan ta’lim dasturlari joriy etiladi
  • 🤔 1
Post #563 1.02K
40 минг эмас, 140 минг устоз 1000 доллардан олса-буям кам, мен кўпайиши тарафдориман — Президент

“Бугун юртимиздаги 40 минг ўқитувчи 1 минг доллардан, яна 1,5 минг нафар ўқитувчи 2 минг доллардан юқори маош оляпти.

Бу йил янги форматда ўтказилган «Йил ўқитувчиси» танловининг 208 нафар туман ва шаҳар ғолибларига илк бор 616 миллион сўмдан мукофот берилди.

Келаси йилдан ушбу танловни 14 та ҳудуддаги боғча тарбиячилари ва техникум усталари ўртасида ҳам ўтказиб, уларни ҳам мукофотласак, сизларга маъқулми?” деди давлат раҳбари
  • 👍 1
Post #562 924
#qabul2026 #imkoniyat #Qoraqalpoq_yoshlari

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

1️⃣ 1-imkoniyat:

2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

2️⃣ 2-imkoniyat:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #561 830
Abituriyentlar uchun 2 ta yangilik:
#abituriyent

1) ikkinchi va undan keyingi yo’nalishlarga o’qishga kirganlar uchun birinchi yo’nalishga super-kontrakt qilishga ruxsat berildi;

2) Qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun 6 ming 500 ta kontrakt hamda 500 ta maqsadli davlat granti uchun qo’shimcha kvota ajratildi.

Batafsil ma’lumot videoda.


👉 @xushnudbek 👈
Post #560 1.33K
👉 3-QADAM oynasiga o'tganda kirish uchun yangi parol va uning tasdig'ini kiriting: bunda o‘zingiz ixtiyoriy parol qo'yishingiz zarur va tasdig'i bilan bir xil bo'lishi lozim.
!!! Yodda tuting: PAROL kamida 8 ta lotin harflari va raqamlardan iborat bo'lishi kerak.
Post #559 1.12K
👉 2-QADAM oynasiga o‘tganda elektron pochtaga yoki telefonga yuborilgan PIN kodni kiriting: talabalning elektron manziliga va telefon raqamiga yuborilgan HEMIS tiklash uchun sms PIN kod boradi. Telefonga kelgan PIN kod yozib tasdiqlash tugmasi bosiladi.
Post #558 1.09K
👉 1-QADAM oynasiga o'tganda Foydalanuvchining ID kodi yoki loginini kiriting yani talabalning HEMIS ID yoziladi tekshirish kodi kiritiladi davom etish tugmasi bosiladi.
Eslatma: Talabaning HEMIS ID yo'q bo'lsa yoki unutgan bo'lsa Registrator offis menejerlaridan bilib olishingiz mumkun.
Post #557 1.09K
👉 E'tiborli bo‘lib raqamlar ketma ketligiga qarab amaliyotni davom ettiramiz. 1-raqam turgan 3ta nuqta bosiladi va kerakli bo'lim tanlanadi. Bizda parolni bekor qilish tugmasi bosiladi va keyingi oynaga o'tiladi.
Post #556 1.12K
Bunda: student.fstu.uz sayt orqali kirganda login yoki parol xato bo‘lsa yoki unutib qo‘yilgan bo‘lsa ushbu amaliyotni bajaramiz.
Post #555 1.24K
Xurmatli Farg'ona davlat texnika universiteti talabalari !!!
HEMIS - Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga
yani sizlar uchun student.fstu.uz saytiga kirish uchun login parollaringizni tiklash bundan buyon talabalar o‘zlarining profili yoki ONE ID tizimidan foydalanib amalga oshirishligini eslatib o‘tamiz.
Quyidagi yo‘riqnoma orqali student.fstu.uz saytiga kirish login parollaringizni tiklashni o‘rganamiz
Post #554 1.05K
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13

"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @fsturegistrarsoffice without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Registrar's office: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Registrar's office have?
Registrar's office (@fsturegistrarsoffice) has 2.25K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Registrar's office know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →