Reytinglar va ilmiy faoliyat bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilindi
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida reyting ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish hamda baholash mezonlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev olib bordi. Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda reyting va ilmiy faoliyat yo‘nalishiga mas’ul dekan o‘rinbosarlari faol ishtirok etdi.
🖇️Muhokamalar davomida universitetning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ilmiy loyihalar va tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda kelgusi davr uchun ustuvor vazifalarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda rivojlanish ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilandi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt






