Farg’ona davlat texnika universitetida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayoni o‘tkazildi
Bugun oliygohimizda 70720408– “Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari” magistratura mutaxassisligi ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoni Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etildi
🔹Jarayonda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ullari hamda ekspertlar komissiyasi a’zolari hamda universitetimiz vakillari ishtirok etdi.
🖇️Akkreditatsiya doirasida universitet rahbariyati va ta’lim dasturiga mas’ul tarkibiy tuzilmalar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mutaxassislikning universitet strategik maqsadlariga muvofiqligi hamda kelgusi 3–5 yillik rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
✨Shuningdek, soha uchun malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, ta’lim dasturining dolzarbligi va bitiruvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalar yuzasidan ish beruvchilar bilan fikr almashildi.
Onlayn ko‘rik davomida ekspertlarga ta’lim dasturi uchun yaratilgan o‘quv va laboratoriya xonalari, mavjud asbob-uskunalar va jihozlar, Axborot-resurs markazi hamda elektron kutubxona imkoniyatlari, inklyuziv ta’lim sharoitlari, shuningdek, HEMIS/LMS raqamli ta’lim tizimi namoyish etildi.
Akkreditatsiya jarayoni yakunida ekspertlar komissiyasi tomonidan ta’lim dasturining sifati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar hamda xulosalar bildirildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt





