Bir necha yil oldin Piter Thielning “Zero to One” kitobining audio versiyasini eshitib ko’rganman va hech narsa tushunmaganman.
Shunda Audiokitoblar meniki emas ekan degan hulosa bo’lgan.
Yaqinda yana bir marta imkon berish maqsadida (second try) 3ta: “
Harvard method”, “
Inspired. How to create tech products customers love” va “
Never split the difference” kitoblarning audio versiyasini eshitib ko’rdim va yangi usulni sinadim.
Kitoblarni diqqat bilan va quloqchinlarda (naushnik) chalg’imasdan eshitdim, asosan yo’lda/poezdda yoki asosiy ish tugagandan keyin. Tushunmagan yoki chalg’igan holatlarimda qayta eshitib chiqdim.
Kitob tugaganidan keyin yoki har bir bo’lim (chapter) tugagandan keyin ChatGPT dan uning qisqa yoki to’liq mazmunini so’radim (Give me a summary of this book or Chapter2).
Misollar berdi va qisqa mazmundagi mashqlar ham qilib ko’rdik u bilan.
Shu usulda men kitobni yaxshiroq tushundim.
Kitobni eshitib bo’lganizdan keyin uning mazmuni va asosiy muhim joylarini qayta-qayta o’qib chiqish uchun uni saqlab qo’yishingiz ham mumkin.
P.S. Ehtimol har bir kitobni bir oy o’qigan bo’lar edim, yangi uslubda esa 3 kun ichida tugatish imkoniyati bo’ldi. Kitobni to’liq ehsitmasdan/o’qimasdan turib qisqa “summary”sini o’qish katta foyda bermasa kerak!
@founderdotio