Finbrok investitsiya vositachisi sifatida “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) a’zolari tarkibiga “B” toifasi bo‘yicha qabul qilindi.
O‘zRVBning tegishli a’zolik toifasi doirasida Finbrok uchun davlat qimmatli qog‘ozlari bilan birja savdolarida, shu jumladan REPO operatsiyalarida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
O‘zRVBga a’zolik doirasidagi imkoniyatlar
O‘zRVB a’zolari tarkibiga qo‘shilish Finbrok'ga o‘z faoliyati doirasida:
🔹 davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi birja savdolarida, shu jumladan REPO operatsiyalarida ishtirok etish;
🔹 davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish orqali mijozlar uchun tegishli investitsiya xizmatlarini rivojlantirish;
🔹 mahalliy va xorijiy investorlarning davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi ishtirokini rivojlantirishga ko‘maklashish;
🔹 birja tomonidan taqdim etiladigan tegishli axborot va texnologik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
😎 @Finbrok_Official
