Yangiliklarda tez-tez quyidagi sarlavhalarni uchratamiz:
🔵S&P 500 o‘sdi
🔵Nasdaq pasaydi
🔵VIX ko‘tarildi
Xo‘sh, bular nimani anglatadi?
Indeks — bozorning ma’lum bir qismining holati va dinamikasini umumlashtirib aks ettiruvchi ko‘rsatkich. Keling, AQSh fond bozorining 5 ta muhim indeksini ko‘rib chiqamiz.
📊 1. S&P 500 — bozorning asosiy ko‘rsatkichi
S&P 500 AQShdagi yirik kapitallashuvga ega 500 ta dan ko'p kompaniyani qamrab oladi. Indeksning hozirgi shakli 1957-yilda joriy etilgan.
U bozor kapitallashuvi bo‘yicha vaznlanadi: kompaniya qanchalik yirik bo‘lsa, uning indeksga ta’siri shunchalik katta.
S&P 500 ↑ — indeks tarkibidagi kompaniyalar aksiyalarining umumiy dinamikasi ijobiy.
S&P 500 ↓ — indeks tarkibidagi kompaniyalar aksiyalarining umumiy dinamikasi salbiy.
💻 2. Nasdaq Composite — texnologiya va growth segmenti
Nasdaq Composite Nasdaq birjasida savdo qilinadigan minglab kompaniyalarni qamrab oladi. U faqat texnologik kompaniyalardan iborat emas, biroq texnologiya va growth kompaniyalari indeks dinamikasida muhim rol o‘ynaydi.
1971-yilda ishga tushirilgan Nasdaq Composite Apple, Microsoft, Nvidia, Amazon kabi yirik kompaniyalar aksiyalaridagi o‘zgarishlarga sezgir.
🏭3. Dow Jones — 30 ta yirik kompaniya
Dow Jones Industrial Average (DJIA) 1896-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda 30 ta yirik AQSh kompaniyasidan tashkil topgan.
Uning asosiy xususiyati — indeks bozor kapitallashuviga emas, aksiyalar narxiga qarab vaznlanadi.
Shu sababli Dow Jones va S&P 500 bir xil bozor dinamikasini aks ettirmaydi.
🏢 4. Russell 2000 — kichik kapitallashuvga ega kompaniyalar
Russell 2000 AQShdagi taxminan 2 000 ta kichik kapitallashuvga ega kompaniyani qamrab oladi.
Uning dinamikasi foiz stavkalari, kredit shartlari va AQSh iqtisodiyoti kabi omillarga nisbatan sezgirroq bo‘lishi mumkin.
Shu sababli Russell 2000 investorlar tomonidan kichik kapitallashuvga ega kompaniyalar segmenti dinamikasi va bozorning riskka munosabatini baholash uchun ham qo‘llaniladi.
⚠️ 5. VIX — kutilayotgan volatillik indeksi
VIX (CBOE Volatility Index) ko‘pincha «qo‘rquv indeksi» deb ataladi. Aslida esa u S&P 500 opsionlari narxlaridan kelib chiqib, bozorning keyingi 30 kun ichida kutilayotgan volatilligini aks ettiradi.
VIX ↑ — bozorda kuchliroq narx tebranishlari kutilmoqda.
VIX ↓ — kutilayotgan volatillik nisbatan past.
Muhim jihat: VIXning o‘sishi bozor albatta pasayadi degani emas. U bozor harakatining yo‘nalishini emas, kutilayotgan volatillik darajasini aks ettiradi.
🤔Indeks nega o‘sadi yoki tushadi?
Indeksning o‘zida “sehrli” harakat yo‘q.
Unga kiruvchi aksiyalar narxlari o‘zgaradi — indeks ham o‘zgaradi.
Masalan, S&P 500dagi yirik kompaniyalar aksiyalari ko‘tarilsa, ularning indeksdagi katta vazni sabab S&P 500 ham ko‘tarilishi mumkin.
Aksiyalar narxiga esa juda ko‘p omillar ta’sir qiladi:
🔵 kompaniya foydasi va daromadi
🔵 iqtisodiy o‘sish
🔵 Federal Reserve foiz stavkalari
🔵 inflyatsiya
🔵 obligatsiyalar daromadliligi
🔵 geosiyosiy vaziyat
🔵 texnologik o‘zgarishlar
🔵 neft va boshqa xomashyo narxlari
🔵 investorlarning riskka bo‘lgan ishtahasi
🔵 kompaniya va makroiqtisodiy yangiliklar
Masalan, Fed foiz stavkalarini pasaytirishi kutilsa, kelajakdagi pul oqimlari yuqoriroq baholanishi sabab growth/technology aksiyalariga talab oshishi mumkin.
Aksincha, yuqori foiz stavkalari va yuqori obligatsiya daromadliligi ayrim aksiyalar, ayniqsa growth kompaniyalari uchun bosim yaratishi mumkin.
Bu avtomatik qoida emas, lekin investorlar indekslarni tahlil qilganda aynan shu bog‘liqliklarga qaraydi.
Shuning uchun fond bozorini tahlil qilishda faqat alohida aksiyalar narxiga emas, bozorning umumiy dinamikasi va uni belgilovchi omillarga ham e’tibor qaratish muhim.
#USMARKET #FINBROK
😎 @Finbrok_Official
