It takes a village.
Payshanba, soat 21:30. “Pencils down”, xona bo’ylab Christopher Moretti ning ovozi jarangladi. Ikkinchi kursning 1 yarim yilligi o’z nihoyasiga yetdi. Bu semester eng qiyini bo’ldi. Lekin, juda ko’p narsa o’rgandim.
Small World qahvaxonasida o’tirib, quloqchinimdan Boney M ning “Rivers of Babylon” qo’shig’i yangragan holda ushbu postni yozarkanman, hayolimda faqat bir narsa - “Qanday qilib hozirga holatimga erishdim?” Atiga ikki yil avval, Qo’qonda, hattoki 1 chaqirim naridagi do’konga ham o’zim chiqishimga ruxsat berishmas edi. Bugun esa, uydan 6 minglab chaqirim uzoqlikda yashab o’qiyabman. Albatta, bularga qaysidir ma’noda, qattiq mehnatim sababchidir, lekin bir narsani unutmasligim kerak. Ushbu post sarlavhasidek, kimnidir rivojida juda ko’p insonlar hissasi bo’ladi. Shaxsan mening sayohatimda, ancha insonlarning katta yordami bo’lga, xususan, ota-onam, akam, opamlar, amakimlar, va bunga chuqurdan chuqur bir umur minnatdorman. Odatda, hursandligimizdan yoki g’ururimizdan, kimlar yordam berganini, balki juda kichik bo’lsada, unutamiz.
Bu postni yozishdan oldin, semester davomida yordam bergan o’qituvchilarimga rahmatnomalar jo’natdim. Yil oxirlarkan, o’tgan yilga aks eting. Hozirgi holatingizga kelishingizga kimlarni hissasi tegdi, ularga albatta rahmat ayting. Aslini olganda, vaqt bu nisbiy narsa, reflect qilish uchun yilning oxirini kutish ham shart emasdir balki. Eng qizig’i, 2 yil oldin, inshoyimni tekshirib bergan, ba’zilarga ma’lum bo’lgan admissionsmom ga rahmat xatimni bugun yozdim, va albatta, hechdan ko’ra kech yaxshi.
Instagram |
Telegram