#Oltiariq #MohirlikVaBiznesSoati
Oltiariq tumanidagi 3-son texnikum hamda 2-, 5- va 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Mohirlik va biznes soati” doirasida 4-mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Jarayonda startap g‘oyalarni shakllantirish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, biznes-reja tuzish hamda istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga yangi biznes g‘oyalarni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
bizni kuzating: Innovation Fergana
Post #1293
32




























